So’nggi yangiliklar

18:39Исраэль Адесанья кейинги жангини қачон ва кимга қарши ўтказмоқчи эканини айтди 0 18:17"Барселона" Ямалга 10-рақамни беришга қарор қилди 0 17:52"Жонсни қочди деб ўйламайман, у шунчаки ММАдан кетмоқчи эди" - Илия Топурия 0 17:25Андижонда Ўзбекистон кубоги якунланди, сўнгги кун оғир вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТО 0 17:01Махачев ўзи ҳақиқатдан ҳам ҳурмат қиладиган икки рақибни айтди — у Царукян ва Оливейра эмас 0 16:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади 0 16:16"У албатта қайтади". Собиқ чемпион Жон Жонснинг кетганига ишонмайди 0 15:52Илия Топурия қайси рақибни ўзига муносиб деб ҳисоблашини айтди 0 15:29UzChess Cup сўнгги тури якунланди. Уч шахматчи бир хил очко жамғарди. Энди нима бўлади? 0 15:20"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин 0 14:59Қозоғистон бокс терма жамоаси Головкиннинг мураббийини ортга қайтарди 0 14:38Эркин курашчиларимиз U-17 Осиё чемпионатини кучли учликда якунлади 0 14:17Шаҳрам Ғиёсов янгиланган The Ring рейтингида нечанчи ўриндан жой олди? 0 13:56"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин 0 13:35Жейк Пол: "WBA ва WBC мени рейтингга киритиш устида ишламоқда" 0

12 noy 07:43
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichbozlik federaciyasi onlayn seminar tashkil qildi

Qilichbozlik federaciyasi marifiy onlayn seminarlarini davom ettirmoqda.

Xuddi shunday tadbir hududlardagi murabbiylari uchun tashkil etildi. Maqsad – xorijlik hamkasblar bilan o'zaro tajriba va fikr almashishdan iborat. Bu mamlakatimizda qilichbozlikni yanada rivojlantirish va sportchilarni sifatli tayyorlashga xizmat qiladi. Onlayn seminarda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, mamlakat qilichbozlik federaciyasi va uning viloyatlardagi vakillari hamda murabbiylari, shuningdek, polshalik mutaxassis Konsalskiy Jorzi-Zbigniev ishtirok etdi.

«Qilichbozning umumiy jismoniy tayyorgarligi» mavzusida o'tgan seminarda nutq so'zlagan Konsalskiy qilichbozlar uchun umumiy jismoniy tayyorgarlikning muhimligini takidladi va tayyorgarlikning tarkibiy jihatlari haqida so'zlab berdi. Qilichbozlik texnikasi va harakatlarini takomillashtirish uchun jismoniy sifatlar namoyon bo'lishini rivojlantirish va ixtisoslashtirishga qaratilgan maxsus jismoniy tayyorgarlik mavjud. Sportchining maxsus jismoniy tayyorgarligi – bu jang paytida qo'llaniladigan texnika va harakatlar majmuasidir.

«Murabbiylar zimmasiga katta masuliyat yuklanadi, ular har doim o'z shogirdlarini nazorat qilishlari, qilichbozlarning qobiliyatlarini hisobga olgan holda mashg'ulot yuklamasini individual ishlab chiqishlari kerak. O'z navbatida, sportchilar ham ustozlari talablarini bajarishlari lozim. Agar murabbiy mashqni 10 marta bajarishni takidlagan bo'lsa, qilichboz ham buni kamu ko'stsiz bajarishi shart. Qilichboz yaxshi mashq qilganida, u harakatlari samarasini anglab etadi. Har bir mashg'ulotdan so'ng qilichboz chigalyozdi mashqlari bajarishi, murabbiylar bu jarayonni nazorat qilishlari kerak», – deydi mutaxassis.

Murabbiy o'z chiqishida hayoti va faoliyati davomida duch kelgan vaziyatlardan hikoyalari bilan ham o'rtoqlashdi va tegishli tavsiyalar berdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing