So’nggi yangiliklar

11:11Бугун Тошкентда проф бокс оқшоми ўтказилади (Кард, бошланиш вақти ва трансляция бўйича маълумотлар) 0 10:50"Рома" Шомуродовнинг ўрнига АПЛда ўтган мавсум 1 та гол урган футболчини олиб келмоқчи 0 10:29Цзю ўзи жанг қилиш истагида бўлган уч рақиб номини айтди 0 10:08Классикларимиз Осиё чемпионатининг илк куни 2 та медалга эга чиқишди 0 09:47Чарльз Оливейра даҳшатли нокаутидан кейин қайтишга тайёр, эҳтимолий рақиб ҳам маълум 0 09:26"Реал" 25 йиллик антирекордни такрорлади 0 09:05UFC турнири ўтказиладиган давлатлар сони 30 тага етди 0 08:44Нукусда Ўзбекистон ва Корея Республикаси ҳамкорлиги доирасида учрашув бўлиб ўтди 0 08:23Уимблдон. 18 ёшли Мирра Андреевани ярим финал остонасида тўхтатишди 0 08:02"Реал" бош мураббийи йирик мағлубиятга қандай изоҳ берди? 0 20:09Оғир атлетикачимиз Осиё чемпионатида мутлақ чемпион бўлди 0 19:17Перейра дебют жангидаёқ UFC рекордини ўрнатади 0 18:56Виржил Ортис: "Мен у билан жанг қилмоқчиман — тез орада бу тўқнашув амалга ошади" 0 18:35Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди 0 18:14UFC Қатарда турнир ўтказишини эълон қилди 0

11 sen 15:40
Yangiliklar

Boks/MMA

Rahmatjon Ro'zioxunov O'zbekistonda qaysi bokschini eng intizomli deb hisoblashini aytdi

O'zbekiston terma jamoasi katta murabbiyi Rahmatjon Ro'zioxunov bokschilarimiz ichida qaysi sportchini eng intizomli deb hisoblashini aytdi.

Bu haqida murabbiy jurnalist Og'abek Samisov bilan suhbatda aytib o'tdi. 

— G'alaba qozonish uchun sportchi qanday xususiyatlarga ega bo'lishi kerak?

G'alaba qozonish uchun birinchi navbatda intizom kerak. Sportchilarim orasidan intizomli sportchi deb Isroil Madrimovni bilaman. Yig'inlar vaqtida yoki biror joyga tadbirga borganda Isroil ovqatni o'ylab, bilib eydi. CHunki u o'z vaznini ushlab turish uchun, uni oshirib yubormaslik uchun nima eyish kerakligini biladi.

Elshod Rasulovda tartiblilikni ko'rganman. Bokschining binti, kapasi, sport kiyimi barchasi alohida turishi kerak. Hatto boskchining o'z qaychisi bo'lishi kerak. Elshodda shu jihatlar bor. Bokschi ana shunday hislatlarga ega bo'lsa, hamma ishi yurishadi.

Bokschining o'z kundaligi ham bo'lishi kerak. Kundalikda u kim bilan boksga tushganini yozib borishi kerak. Unda qaysi raundda qanday yutgani yoki yutqazganini yozib borishi kerak. Bokschi tartibli bo'lsa va mashg'ulotda berilgan vazifani bajarsa, albatta, barcha musobaqalarda g'olib bo'la oladi.

Ko'pchilik bokschining aqli yaxshi ishlamaydi, deb aytadi. Aslida, bokschidan ham miyasi tez ishlaydigan inson yo'q. Bokschi juda ham tez o'ylashi kerak. Ularning aqli yaxshi ishlashi uchun Toshkent va CHirchiqdagi Olimpiya zaxiralari kollejlarida boks murabbiylari sportchilarga ko'proq krossvord echtirishadi, shaxmat o'ynatishadi. Agar bokschining miyasi yaxshi ishlamasa, u musht eydi va «ko'zidan o't chiqadi».

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing