10 iyu 09:47
Yangiliklar

CHarlz Oliveyra dahshatli nokautidan keyin qaytishga tayyor, ehtimoliy raqib ham malum
O'shanda Oliveyra Ispaniya va Gruziya bayroqlari ostida jang qilib kelayotgan Iliya Topuriyaga birinchi raundning o'zida nokaut evaziga yutqazib qo'ygan edi. CHarlz keyingi jangini qachon o'tkazishini bilishini aytdi. U noyabr oyida Nyu-Yorkdagi "Medison Skver Garden" arenasida tashkil etiladigan raqamli UFC turnirida oktagonga chiqmoqchi.
"Maks Xollouey iyul oyida jang o'tkazadi, men esa iyunda oktagonga chiqdim. O'ylashimcha, noyabr – ikkimizning jangimiz uchun qulay vaqt. Agar amalga oshsa, muxlislar uchun ajoyib jang bo'lar edi. Maksning o'zi ham bu jangga rozi ekanini aytdi. Nima uchun yo'q?", – deya AG Fight nashriga intervyu bergan Oliveyra.
Aynan Nyu-Yorkda CHarlz Oliveyra faoliyatidagi hozircha so'nggi g'alabasini nishonlagandi. O'tgan yilning noyabr oyida u Maykl CHendlerni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi. Maks Xollouey esa 19 iyul kuni Yangi Orleanda tashkil etiladigan UFC 318 turnirida BMF kamarini Dastin Poredan himoya qiladi.
Fikrlar