10 iyu 08:23
Yangiliklar
Tennis

Uimbldon. 18 yoshli Mirra Andreevani yarim final ostonasida to'xtatishdi
Tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirida 1/2 finalchilar aniqlandi.
Dunyoning ettinchi raketkasi bo'lib turgan Mirra Andreeva chorak finalda o'z yurishini to'xtatdi. Rossiyalik 18 yoshli iqtidor egasi WTA reytingida 35-o'rinni egallab turgan shveycariyalik Belinda Benchichga tay-breklarda imkoniyatni boy berib qo'ydi - 6/7(3), 6/7(2).
Bu tennis malikalarining o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Ikki soatu 10 daqiqa davom etgan bahsda Andreeva 6, Benchich 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham bittadan breykka erishgan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar