So’nggi yangiliklar

12:53"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади 0 12:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Жаҳон кубогида қатнашиш учун Астанага етиб борди, таркибимиз маълум 0 12:09Мураббий нима учун Ислам ва Топурия ўртасида жанг бўлмаганини айтди 0 11:4546 ёшли Мэнни Пакьяо боксдаги мақсадини айтди 0 11:21Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор 0 11:00МОҚ раҳбарияти Турин политехника университетида IT ва инновацион стартаплар билан танишди 0 10:3918 та эйс Тэйлор Фрицни фаолиятидаги 18-финалга олиб чиқди 0 10:18Жек Пол, Хулио Сезар Чавес, Рамирес, Дортикос тарозига чиқди 0 09:57“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор 0 09:36Асламжон Ортиқовнинг мезбонга қарши жангида нокаут қайд этилди + ФОТО 0 09:15Деонтей Уайлдер бир йиллик танаффусдан сўнг рингга қайтди 0 08:54Халқаро стол тенниси федерацияси билан ҳамкорликни янада кучайтириш масалалари муҳокама қилинди 0 08:33Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди 0 08:12UFC 317 турнирининг расмий тарози маросими ўтказилди, битта жанг бекор қилинди 0 19:02"Мен қилган хатони сен такрорлама". Сен-Пьер Махачевга маслаҳат берди 0

02 mar 10:31
Yangiliklar

Boks/MMA

Ramzan Kadirov UFC jangchilariga murojaat qildi

Teglar :  Ramzan Kadirov
CHecheniston Respublikasi rahbari Ramzan Kadirov UFC Fight Night 186 musobaqasida ishtirok etgan Rossiyaning "Axmat" klubi vakillari Magomed Ankalaev va Maksim Grishinning chiqishlariga izoh berdi.

"Do'stlar, kuni kecha Las-Vegasda aralash yakkakurashlar bo'yicha UFC Fight Night 186 musobaqasi bo'lib o'tdi va hakamlarning g'alati qarorlari ko'plab MMA muxlislarining noroziligiga sabab bo'ldi", - deb yozadi CHecheniston rahbari Instagram sahifasida.

"Hakamlarning mantiqsiz, izohlab bo'lmaydigan qarorlari sportdagi asosiy muammo bo'lgan va bo'lib qolmoqda. Masalan, CHechenistonning taniqli "Axmat" klubi vakili Maksim Grishin amerikalik raqibi Dastin Jakobidan ancha kuchli edi. Bizning jangchimiz tik turgan holda uni ortda qoldirdi, hatto ikki marta yiqitdi ham. SHu bilan birga Maksimning o'zi uch raund davomida jiddiy zarar ko'rmadi. Ammo, hakamlar boshqacha qaror qabul qilishdi va g'alabani mahalliy sportchiga berishdi.

Maksimga baribir aytmoqchimanki, u barchamiz uchun ushbu jang g'olibi va engil vaznda toifasida chempion! Biz oktogonda sodir bo'lgan hamma narsani ko'rdik, siz eng yaxshi MMA jangchisi edingiz va shunday bo'lib qolasiz!”

“Musobaqa doirasida "Axmat" klubining yana bir vakili Magomed Ankalaev o'z chiqishlarini namoyish etdi. U turnirning Nikita Krilovga qarshi kechgan asosiy jangda chiroyli g'alabani qo'lga kiritdi va buni odatdagi ajoyib uslubda amalga oshirdi. Magomed, biz siz uchun chin dildan xursandmiz, g'alabangiz bilan tabriklaymiz!”

"Umuman olganda, har ikkala jangchimiz oktogonda o'zlarining mukammal jismoniy imkoniyatlarini, yaxshi qobiliyat va texnikalarini namoyish etishdi. Ammo. afsuski, bu har doim bazi toifa hakamlar uchun etarli emas".

“Sportchilarimizning turnirdagi ishonchli ishtiroklari bilan tabriklayman. Ishonchim komilki, ularni o'z yo'nalishlarida yorqin sahifalar kutmoqda. SHuningdek, men ularni puxta tayyorlagani uchun "Axmat" BC boshqaruvi va murabbiylar shtabiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. AXMAT-POWER!!!”, - deya so'zlariga yakun yasadi Kadirov.

Eslatib o'tamiz, Magomed Ankalaev UFCda ketma-ket oltita g'alabaga erishgan ,Maksim Grishin esa tashkilot bayrog'i ostida uchta jangda ikki marta mag'lub bo'ldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing