So’nggi yangiliklar

19:12Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди 0 18:51Азамат Нуфтиллаевнинг жанги чемпионлик камари учун бўлади 0 18:30"UzChessCup" ғолиб ва совриндорлари мусобақа орқали қанча пулга эга чиқишди? 0 18:07Ишониш қийин: Жейк Пол бугун рақибига нисбатан камроқ пул ишлаб олди 0 17:46Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас" 0 17:25Царукян: "Оливейра титул учун жанг қилишга нолойиқ эди" 0 17:03Илк бор академик эшкак эшувчимиз Жаҳон кубогида шоҳсупага кўтарилди 0 16:42Қозоғистон ўз уйида ўтадиган Жаҳон кубоги учун таркибларини эълон қилди 0 16:21Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин 0 15:59Арман Царукян UFC раҳбарияти қароридан норози 0 15:38Уайт Махачев - Маддалена жанги қаерда ўтказилишини айтди 0 15:16Пантожа: "P4P рейтингида юқорироқ ўринга муносибман" 0 14:52Царукян: "Мен Топурияни финиш қила оламан" 0 14:28МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди 0 14:06Царукян енгил вазнда навбатдаги даъвогар бўладими? Дана Уайт жавоб берди 0

03 apr 07:24
Yangiliklar

Kurash

Ravshan Dastirov yana bir sport fidoiysini taqdirladi

Davlat kadastrlari palatasi chirchiq shahar filiali rahbari faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Mamlakatimizda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, aholi, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va sportga, xususan, milliy sport turlarimizdan sanalgan belbog'li kurashni rivojlantirishga qo'shgan munosib hissasi uchun Davlat kadastrlar palatasi CHirchiq shahar filiali rahbari Dilshod Nartojiev O'zbekiston Belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov tomonidan alohida faxriy yorliq hamda tarixda afsonaviy polvon, deb tarif berilgan  Pahlovon Mahmud surati aks etgan  esdalik portreti  bilan taqdirlandi.

  • Takidlash joiz, o'g'il-qizlarimizni belbog'li kurash bilan oshno bo'lishida, mazkur sport turi bo'yicha CHirchiq shahrida o'tkaziladigan musobaqalar, o'quv-amaliy seminarlar, turli tadbirlarning yuqori saviyada tashkil etilishida, yosh polvonlarning viloyat va respublika bellashuvlarida munosib ishtirok etishlari uchun Davlat kadastrlar palatasi CHirchiq shahar filiali rahbari Dilshod Nartadjiev  munosib hissalarini qo'shib kelmoqda, - deydi
  • O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi R. Dastirov. - Belbog'li kurashni rivojlantirish yo'lidagi hamkorligi  uchun Dilshod Akromovichga polvonlar nomidan ham tashakkur deymiz. Bu kabi hamkorlarimiz ko'p bo'lishi, milliy sport turimizning yanayam keng quloch yoyishiga xizmat qiladi, deb o'ylayman.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing