So’nggi yangiliklar

22:12Нурсултон Рўзибоев иштирокидаги жанг бекор бўлди 0 20:00UFC медиаҳуқуқларни 8 миллиард долларга сотди. Қандай қилиб бунчалик кўп? 0 19:2693 ёшли Дон Кинг супероғир вазнда камар учун кечадиган жангни анонс қилди 0 19:05"Пушкаш" мукофоти совриндори фаолиятини 33 ёшида якунлади 0 18:44Усик WBO`дан мажбурий ҳимоя муддатини кечиктиришни сўради 0 18:23Дана Уайт: "Жонсдан кўра Конорга кўпроқ ишонаман" 0 18:02Коко Гофф Цинциннати турниридаги юришини давом эттирмоқда 0 17:41Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа 0 17:20Дюплантис 13-маротаба жаҳон рекордини янгилади 0 16:59Фундора — Турман жанги санаси ўзгарди 0 16:38Хоккей бўйича ёшлар терма жамоамиз илк хорижий йиғинига жўнаб кетди 0 16:17Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин 0 15:56"Бу менинг энг кучли рақибим эмас". Дю Плесси — Чимаев билан бўладиган жанг ҳақида гапирди 0 15:35Осиё Паралимпия қўмитасининг VIII Бош ассамблеяси ўз ишини якунлади 0 15:14"Биз мақтаниб юрганимизда, ўзбеклар меҳнат қилди". Қозоғистонлик мураббий ўзбек боксининг муваффақияти ҳақида гапирди 0

18 may 17:58
Yangiliklar

Tennis

"Rolan Garros-2022" taqvimi malum

Teglar :  Rolan Garros
Mavsumning ikkinchi "Katta Dubulg'a" turniri boshlanishiga oz vaqt qoldi.

Ushbu nufuzli turnirning taqvimi elon qilindi. Unga ko'ra, "Rolan Garros"-2022 tennis turnirining rasmiy sanasi 22 maydan 5 iyungacha qilib belgilangan. Mana shu sanalarda to'qqiz yo'nalishda: erkaklar va ayollar yakkalik, erkaklar va ayollar juftlik, aralash, o'smirlar o'rtasida yakkalik hamda o'g'il-qizlar o'rtasida juftlik bahslari bo'lib o'tadi. Ammo turnir 16 may kuni saralash bosqichidan boshlanishini va to'qqiz yo'nalishdan tashqari imkoniyati cheklangan tennischilar o'rtasidagi bahslar hamda afsonalar o'yinlari o'tkazilishini ko'pchilik ham bilmaydi. SHunday qilib, barcha "Rolan Garros-2022" turnirlari bir oy davomida o'tkaziladi va 13 iyun kuni yakunlanadi. Sizning etiboringizga barcha turnirlarning sanalarini taqdim etamiz.

16 may - 19 may. Erkaklar va ayollar o'rtasidagi yakkalik saralash bahslari;

22 may - 5 iyun. Erkaklar va ayollar yakkalik bahslarida asosiy to'r bellashuvlari;

22 may - 5 iyun. Erkaklar va ayollar juftlik bahslarida asosiy to'r bellashuvlari;

22 may - 5 iyun. Aralash turnir;

22 may - 5 iyun. Tennis afsonalari turniri;

29 may - 4 iyun. O'smirlar o'rtasida: erkaklar va ayollar o'rtasida yakkalik bahslari;

29 may - 4 iyun. O'smirlar o'rtasida: erkaklar va ayollar o'rtasida juftlik bahslari;

31 may - 4 iyun. Erkaklar va ayollar o'rtasidagi imkoniyati cheklangan tennischilarning yakkalik bahslari;

6 iyun - 13 iyun. Erkaklar va ayollar o'rtasidagi Quad yakkalik bahslari.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing