So’nggi yangiliklar

19:36Яна бешта мамлакат World Boxing ташкилотига қўшилди 0 19:15"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди? 0 18:53Сен-Пьер Дана Уайт Хабиб борасида ёлғон гапирганини айтди 0 18:31Андижонда дзюдо бўйича катталар ўртасида Ўзбекистон Кубоги бошланди + ФОТО 0 18:17Топурия Пимблетт ҳақида: "Мен бу "блондинка"ни дўппослайман" 0 17:52Нассурдин Имавов Кайо Борральо билан жанг қилади 0 17:25Шомуродовга А Серия жамоасидан таклиф бор 0 17:02Усик промоутери билан ҳамкорликни тўхтатди 0 16:38Мураббий Нганнунинг нима учун UFC'га қайтмаслигини тушунтирди 0 16:16Ўзбекистон боксчилари Астанадаги Жаҳон кубогида қатнашади, лекин... 0 15:54Раулнинг навбатдаги манзили Испания U-21 термаси бўлиши мумкин — музокаралар бошланди 0 15:32Топурия ва Оливейра ўзаро жангдан қанча гонорар ишлаб олиши маълум бўлди 0 15:11"У чарчади". Топурия Махачевнинг UFC'да ярим ўрта вазнга ўтиши сабабини айтди 0 14:50Хабиб Нурмагомедов фаолиятини якунлаган Жон Жонсга мурожаат қилди 0 14:29"Бавария" дортмундликлар юлдузини сотиб олмоқчи 0

19 dek 07:24
Yangiliklar

Tadbirlar

Samarqandda byudjet mablag'larining maqsadli sarflanishi yuzasidan davra suhbati o'tkazildi

Teglar :  SamarqandByudjet
Samarqand viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tizimidagi barcha sport-talim muassasalari buxgalterlari hamda tuman(shahar) jismoniy tarbiya va sport bo'limlari boshliqlari uchun vazirlikning Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati 2013 yil 26 dekabrdagi «O'zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuni, 2018 yil 9 apreldagi «Davlat xaridlari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi «O'zbekiston Respublikasida korrupciyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF–5729-son hamda 2020 yil 24 yanvardagi «O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF–5924-son Farmonlarida belgilangan topshiriqlar ijrosiga bag'ishlandi.

Unda vazirlik tizimidagi tashkilotlarda byudjet mablag'larining maqsadli sarflanishi, byudjet qonunchiligiga, shuningdek, byudjet va smeta-shtat intizomiga qatiy rioya etilishi, davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida shaffoflikni taminlash, korrupciya va boshqa suiistemolchilik holatlarini oldini olish va bu borada profilaktika ishlarini tashkil etish hamda 2021 yildan tashkil etilayotgan tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo'limlari markazlashtirilgan buxgalteriyasining asosiy vazifalari, bugungi kundagi mavjud muammolar, markazlashtirilgan buxgalteriyani tashkil etishdan maqsad hamda vazirlik va tizim tashkilotlarining oldida turgan asosiy vazifalar to'g'risida fikr almashildi.

Davra suhbati yakunida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan tegishli javoblar olishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing