05 iyu 13:59
Yangiliklar
Dzyudo

O'smirlarimiz Samarqandda mashg'ulot o'tkazishyapti
SHu kunlarda dzyudo bo'yicha O'zbekiston kadetlar terma jamoasi Samarqand viloyati Toyloq Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida jam bo'lishgan.
O'smir dzyudochilarimiz o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etishyapti. Sakkizinchi iyulga qadar davom etadigan mashg'ulotlarda ham o'smirlar, ham qizlar terma jamoamiz qatnashyapti.
Samarqanddagi mashg'ulot yig'in yakuniga etgach, terma jamoamiz xorij yig'iniga yo'l oladi. O'smirlarimiz 8-22 iyul kunlari Gruziyaning Gori shahrida, qizlarimiz esa xuddi shu sanalar oralig'ida Rossiyaning Sochi shahri o'tkaziladigan xalqaro mashg'ulotlarda tayyorgarlikni davom ettirishadi.
Ushbu mashg'ulotlar terma jamoalarimiz uchun 3-4 iyul kunlari Qozog'istonda o'tkaziladigan Almaty Cadets Asian Cup 2025 turniriga tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab bermoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar