So’nggi yangiliklar

09:40Аспиналл нима учун кўп бора ММАдан кетмоқчи бўлганини айтди 0 09:19Чарльз Оливейра Топурияга қарши бўлажак жанги ҳақида фикр билдирди 0 08:52Эдди Хирн: "Кроуфорд ўзига жуда қаттиқ ишонади, лекин..." 0 08:04Европа Лигаси. Финал учрашувининг "man of the match"и маълум 0 07:43"UFC'да ТОП-15'га кирганингдан сўнг пул ишлашни бошлайсан" - Аспиналл 0 07:22Sharjah Masters 2025. Гроссмейстерларимиз 5-турда қандай натижа қайд этишди? 0 07:01Пакьяо Барриос билан 16 ёшлик фарқ ҳақида: "Бу мени ҳавотирга солмаяпти" 0 02:01"Тоттенхэм" МЮни мағлуб этди ва Европа лигаси ғолибига айланди 0 18:31АПЛнинг жорий мавсумдаги энг ёмон трансферлари эълон қилинди (ТОП 10) 0 18:10Нью-Йоркда АҚШ ва Ўзбекистон каратэси ҳамкорлиги йўлида меморандум имзоланди 0 17:49Даниэль Дюбуа: "Мен барча камарларни оламан" 0 17:28Пэдди Пимблетт: "Топурияга қулай рақиблар танлаб беришган" 0 17:07Роналдунинг фитнес-браслети унинг биологик ёши 29да эканини кўрсатди 0 16:46Бенеил Дариуш: "Махачевни финиш қилган бўлардим" 0 16:25Фомин Тбилиси "Челленжер"ининг 1/8 финалида 4-ракеткага қарши кортга чиқди 0

20 may 12:47
Yangiliklar

SHaxmat

Sharjah Masters. Bugun 4-turda yana o'zbek derbisiga guvoh bo'lamiz

BAAning SHarja shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha nufuzli Sharjah Masters 2025 turniri o'zining qizg'in pallasiga kirib boryapti.

Mukofot jamg'armasi 73 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqaning kuchlilar jam bo'lgan "Masters" guruhida to'rt nafar grossmeysterimiz - Nodirbek Abdusattorov, Jahongir Vohidov, Muhiddin Madaminov va Ortiq Nig'matov ham sovrinli o'rinlar uchun bahs olib borishmoqda. 

Bugun musobaqada 4-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi va 3-turda bo'lgani singari yana o'ziga xos o'zbek derbisiga guvoh bo'lamiz. Jahongir Vohidovga qarshi bahsda turnirdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritgan Nodirbek Abdusattorov bugun 4-turda oq donalarda yana bir hamyurtimiz Ortiq Nig'matovga qarshi bahs olib boradi. Nig'matov 2 g'alaba va 1 durang bilan turnir jadvalida Nodirbekdan yuqorida bormoqda.

Sharjah Masters 2025 turnirining 4-turida Muhiddin Madaminovni jiddiy sinov kutib turibdi. U qora donalarda mezbonlar vakili Salem Saleh bilan hisob-kitob qiladi. Jahongir Vohidov esa qora donalarda xitoylik Pang Taoga qarshi o'ynaydi. Birinchi doskada ikki yarimtadan ochko jamg'argan rossiyalik Ivan Zemlyanskiy va niderlandiyalik Anish Giri uchrashuvi bo'lib o'tadi. 

To'rtinchi tur oldidan to'qqiz nafar shaxmatchi 2,5 tadan ochko jamg'arib, 1-9 o'rinlarni band etgan. Ular orasida Ortiq Nig'matov ham bor. Hamyurtimiz qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 8-o'rindan joy olgan. Uchinchi turdan so'ng ochko yo'qotmagan shaxmatchining o'zi qolmadi. Ikki ochkoga ega Nodirbek Abdusattorov qo'shimcha koeficentlarga ko'ra 46-pog'onadan 26-o'ringa ko'tarilib oldi. Muhiddin Madaminov 1, 5 ochko bilan 43, Jahongir Vohidov esa 1 ochko bila 64-pog'onadan joy olgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing