21 may 17:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Peddi Pimblett: "Topuriyaga qulay raqiblar tanlab berishgan"
UFC jangchisi Peddi Pimblett sobiq chempion Iliya Topuriyani tanqid qildi.
"Topuriya ko'p narsalarga erishgan, lekin unga qulay raqiblar tanlab berishgan. Masalan, Xollouey Topuriya bilan jang qilishidan oldin Jastin Getji bilan juda og'ir jang o'tkazgandi. Volkanovski esa jangdan 2-3 oy avval nokautga uchragan. Josh Emmett 37 yoshda edi, Brays Mitchell esa zarbalarda zaif.
Mening raqiblarim haqida ham noto'g'ri gapirishadi. Lekin Topuriyaning chempionlikka qadar o'tkazgan janglardagi har qanday raqibni Maykl CHendler ham enga olardi. Bobbi Grin ham ularning barchasini yuta olardi", – dedi Pimblett.
Eslatib o'tamiz, Topuriya 29 iyun kuni engil vazn chempionilik kamari uchun CHarlz Oliveyraga qarshi jang qiladi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar