So’nggi yangiliklar

13:01Фирдавс Ҳасанов Mangu 3 турнирида қирғиз жангчиси билан тўқнаш келади (ПОСТЕР) 0 12:28Расман. "Олтин бутса" соҳиби маълум! 0 11:59Яхши хабар: ўзбекистонлик ёш спортчи UFC BJJ Opens турнирида қатнашади! 0 11:36Шаҳрам Ғиёсов мағлубиятдан кейин илк бор кўриниш берди (ВИДЕО) 0 11:0819 ёшли Кими Антонелли Канада Гран-приси ғолиби! Хэмилтон нечанчи бўлди? 0 10:41А Серия. "Милан" аламли тарзда ЕЧЛ йўлланмасидан қуруқ қолди, камтаргина "Комо" ЕЧЛда! (+ВИДЕО) 0 10:18Гимнастикачиларимиз Жаҳон челленж кубогини 10 та медаль билан якунлашди 0 09:46Лайлохон Собирова Осиё чемпиони! Яна икки курашчи қизларимиз ҳам шоҳсупада! (+ФОТО) 0 09:17Усик — Верхувен жанги статистикаси эълон қилинди 0 08:53Португалияда сенсация: Иккинчи дивизион вакили Кубок финалида "Спортинг"ни мағлуб этди! 0 08:28Тарихий натижа! Юнон-рум курашчиларимиз 7 та медаль билан Осиё чемпионатида биринчи бўлишди 0 08:01Ислам Махачев UFC’даги навбатдаги жанги санасини тасдиқлади 0 19:03"Жон деб". Рико Верхувен Усик билан реванш истагини билдирди 0 18:39"Челси" ва "Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани қайтармоқчи 0 18:18"Давом этиш керак эди". Жошуа Усик — Верхувен жанги ҳақида фикр билдирди 0

21 may 18:10
Yangiliklar

Karate

Nyu-Yorkda AQSH va O'zbekiston karatesi hamkorligi yo'lida memorandum imzolandi

NUR-HAS shinkiokushinkay karate markazi hamda AQSH karate federaciya o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Kelishuv besh yilga mo'ljallangan bo'lib, uning doirasida ikki mamlakat shinkiokushinkay karate vakillari o'rtasida musobaqa hamda seminarlar o'tkazish, o'zaro tajriba almashish kabi yo'nalishlar bo'yicha hamkorlikni o'z ichiga oladi. 

Hamkorlikning ilk qadami sifatida NUR-HAS karate markazi katta murabbiyi, 5-DAN qora belbog' sohibi, branch-chif (Jahon karate tashkiloti tomonidan tayinlangan vakil) Mutal Nazarov 8-21 may kunlari AQSHda bo'ldi. 

Safar davomida Las-Vegas, Nyu-York va boshqa bir qator shaharlarida xalkaro seminarlar o'tkazildi. Unda AQSH sportchilaridan tashqari koreyalik karatechilar ham ishtirok etishdi. Endi reja bo'yicha Mutal Nazarov iyun oyida Yaponiyaning Tokio shahrida fullkontakt karate bo'yicha o'tkaziladigan birinchi jahon chempionatida yurtimiz sharafini himoya qiladi.

SHundan so'ng, karatechilarimiz 21 iyun kuni Tojikiston, 29 iyunda Qozog'istondagi xalqaro musobaqalarda ishtirok etishadi. Iyul oyida Tokio shahrida yoshlar o'rtasida jahon chempionati o'tkaziladi. Bu dunyo birinchiligida ham yosh karatechilarimiz medallar uchun bahs olib borishadi. 

Bundan tashqari, barcha viloyatlarda xalkaro seminarlar va musobaqalarni taqvim rejasida belgilan muddatda o'tkazish rejalashtirilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing