So’nggi yangiliklar

20:11Ўзбекистон Осиё чемпионати 1/2 финалига чиқиш баробарида Жаҳон чемпионати йўлланмасини ҳам қўлга киритди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:43Тоғли Дукентда машғулотлар жадал суратда давом этмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 18:22Миллий терма жамоамиз Мужу Гран-При Челленжерида иштирок этади 0 18:01Туркманистон терма жамоаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келади? 0 17:40Sinquefield Cup 2025. Нодирбек Абдусатторов яна очко олди 0 17:19Спорт вазири ўринбосари "Содиқ хизматлари учун" медали билан тақдирланди 0 16:58Нурсултон Рўзибоев Хамзат Чимаевнинг жамоасидаги машғулотлари ҳақида гапирди 0 16:37Манба: Ўзбекистон МТЖ янги бош мураббийи масаласи тез орада ҳал бўлади 0 16:16Рамазон Темировнинг укаси ATFC турнирида жанг қилади 0 15:55Чунгвон Чой Бутунжаҳон таэквондо федерацияси Президентлигига ягона даъвогар сифатида кўрсатилди 0 15:34LFA билан шартнома имзолаган Азизбек Темиров кейинги жангини Тошкентда ўтказади 0 15:13Расман: CAFA мусобақаси тақвими тақдим этилди 0 14:52Исроил Мадримов: "Баҳона йўқ, ўша куни Ортис кучлироқ бўлганди" 0 14:31Бутунжаҳон ўсмирлар Олимпиадасида муваффақиятли иштирок этган шахматчиларимиз муносиб кутиб олинди 0 14:10IBF чемпиони Опетая оғир вазнга ўтиши мумкин 0

17 avg 16:36
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmat Olimpiadasida faqat besh nafar grossmeyster 2800+ reyting qayd etdi. Ularning ikkisi O'zbekiston vakili

Teglar :  SHaxmat
Hindistonning CHennai shahrida bo'lib o'tgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasi reytingida faqat besh nafar shaxmatchi 2800 lik reytingni qayd etdi, deya xabar qilmoqda FIDE.

Ushbu besh nafar shaxmatchining ikki nafari O'zbekiston vakillari. Nodirbek Abdusattorov (2803) va Jahongir Vohidov  (2813) musobaqaning eng yaxshi o'yinchilari qatoridan joy olgan.

SHuningdek, ushbu ro'yxatdan angliyalik Devid Hauell (2898), hindistonlik Gukesh Dommaraju (2867) va norvegiyalik Magnus Karlsen (2803) kabi grossmeysterlar o'rin olgan.

Jahongir Vohidov o'zi ishtirok etgan to'rtinchi doskada eng yaxshi natija bilan oltin medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, Abdusattorov birinchi doskada faqat Gukeshdan ortda qolgan va kumushga ega chiqqandi.

Nodirbek Olimpiadada 11 ta partiya o'tkazib, ularda 8,5 ball to'pladi. Vohidov esa 8 ta turda qatnashib, 6,5 ballga ega bo'ldi.

Musobaqada jami 1737 nafar shaxmatchi ishtirok etgan.

Qayd etish kerak, yuqorida keltirilgan reyting ochkolari FIDE'ning jahon reytingidan farq qiladi. Reyting etakchisi Karlsenda 2864 ochko bor, Abdusattorov — 2688, Gukesh — 2684, Hauell — 2650, Vohidov — 2564.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston erkaklar terma jamoasi Olimpiadada birorta turda mag'lubiyatga uchramay, chempionlikni qo'lga kiritgandi.

Reyting: +3   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing