So’nggi yangiliklar

12:32Тео Эрнандеснинг “Ал Ҳилол“да қанча маош олиши маълум 0 12:11Муроджон Аҳмадалиев илк бизнесини йўлга қўйди (ВИДЕО) 0 11:50UzChess Cup. Бугун ғалвир сувдан кўтарилади, уччала гуруҳда ҳам чемпион бўлишимиз мумкин 0 11:29Шоҳасан яна ўйиндан чиқди. Octagon 75 марказий жангида Азамат Нуфтиллаевни кўрамиз + ПОСТЕР 0 11:08Элдор Шомуродов келажаги борасида бир қарорга келди 0 10:47Исроил Мадримов фарзандли бўлди (ФОТО) 0 10:26UzChess Cup. Абдусатторов жаҳон чемпиони билан ўйнади, ўзбек дербисида муроса, 8-турнинг барча натижалари битта хабарда 0 10:05Анкалаев Перейра билан реванш қачон ўтказилишига ишора берди 0 09:44Суперлига. Қаршида турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади 0 09:23PFL World Tournament 7 иштирокчилари тарозига чиқишди, иккита жанг бекор қилинди 0 09:02Қайсери турниридаги теннисчиларимиз рақибларига йўлни курашсиз бўшатиб беришди 0 08:41Топурия ва Оливейранинг илк face to face маросими дўстона руҳда ўтди + ФОТО 0 08:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" ва "Ал Ҳилол" кейинги босқичга йўл олди 0 07:59Гэтжи барибир камар учун жанг олишини кутмоқда 0 07:38Бокс афсоналаридан бири Шоҳжаҳон Эргашевнинг жангига келади (ФОТО) 0

07 fev 17:41
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmat: Prezident qarorining ijrosi qay darajada?

Teglar :  SHaxmat
“SHaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” Prezident qarori qabul qilinganidan xabaringiz bor.

Kecha Jismoniy tarbiya va sport vazirligida mazkur qarorning ijrosini taminlashga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi. Unda vazirning birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov, vazirlikning tegishli boshqarma va bo'limlari masullari, Respublika oliy sport mahorati maktablari rahbarlari hamda O'zbekiston shaxmat federaciyasi bosh kotibi Sunnatillo Bozorboev ishtirok etdi.

Takidlash kerak, qarorning ijrosini taminlash yuzasidan 2021 yil 19 yanvarda Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 73-sonli “O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14 yanvardagi PQ–4954-son qarori ijrosini taminlash to'g'risida”gi buyrug'i qabul qilindi. Buyruq bilan shaxmatni 2025 yilgacha rivojlantirish davlat dasturini 2021 yilda amalga oshirish bo'yicha “Yo'l xaritasi” tasdiqlandi.

Unga ko'ra, Fan, sport va talim muassasalarini ilmiy-metodik taminlash boshqarmasi, Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi bilan birgalikda:

a) O'zbekiston shaxmat federaciyasi xodimlarini jalb qilgan holda 2021/2022 o'quv yiliga qadar 1000 ta umumiy o'rta talim maktablarining 2-, 3- va 4-sinf o'quvchilarini shaxmatga o'rgatish uchun 18 soatlik o'quv rejasini ishlab chiqish va ushbu maktablarni o'quv qo'llanmalar bilan taminlash bo'yicha takliflarni vazirlik rahbariyati bilan kelishilgan holda Xalq talimi vazirligiga kiritish;

b) shaxmat bo'yicha to'lov-shartnoma asosida qisqa muddatli kurslarni joriy qilish, tegishli o'quv dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun vazirlik rahbariyatiga taqdim etish vazifalari yuklatilgan.

Hozirda mazkur yo'nalishda amaliy ishlar boshlab yuborilgan. Xususan, 18 soatlik o'quv rejasini ishlab chiqish borasidagi say-harakatlar o'zining yakuniy bosqichiga kirgan.

SHuningdek, “Yo'l xaritasi”ga muvofiq 2021/2022 o'quv yilidan boshlab O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Farg'ona filialida shaxmat bo'yicha talim yo'nalishini ochish bo'yyicha o'rganishlar olib borilmoqda.

Mamlakatimizda shaxmatni rivojlantirish uchun umumtalim maktablarini zarur anjomlar, yani magnitli doska, shaxmat taxtasi, figuralari, soati va boshqalar bilan taminlash choralari ko'rilmoqda hamda ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga respublika byudjetidan 2021 yil uchun ajratilgan mablag'lar hisobidan 10 milliard so'mgacha mablag'larni yo'naltirish vazifasi yuklatilgan.

Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish boshqarmasiga:

a) jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriya mablag'lari hisobidan mahalla va tashkilotlarda shaxmat bo'yicha turli musobaqalar va turnirlarni tashkil etish;

b) Buxoro, Termiz va Xiva shaharlarida “Turizm va shaxmat haftaligi”ni tashkil etish va o'tkazish;

c) 2021 yildan boshlab:

iyun-avgust oylari davomida mahalla bolalari o'rtasida “Mahalla kubogi” shaxmat musobaqalarini tashkil etish;

may-iyul oylari davomida mahallalardagi oilalar o'rtasida “SHaxmatchi oila” turnirini o'tkazish, mahalladagi oilalarning jamoaviy tarzda ishtirok etishini taminlash;

ikki marotaba vazirlik, idora va tashkilotlar xodimlari o'rtasida “SHaxmat kunlari”ni o'tkazish vazifalari yuklatilgan.


Qolaversa, “Yo'l xaritasi”da 2021-yildan boshlab har yili ananaviy tarzda:

Toshkent shahrida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro shaxmat turnirini;

O'zbekistonlik birinchi xalqaro grossmeyster Georgiy Agzamov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnirni;

SHaxmat bo'yicha XVII Jahon chempioni Rustam Qosimjonov xalqaro turnirini;

Samarqand shahrida “Sohibqiron kubogi” xalqaro shaxmat turnirini;

Xiva shahrida “Al-Beruniy” xalqaro shaxmat turnirini tashkil etish va o'tkazish choralarini ko'rish belgilandi.


Axborot texnologiyalari va kommunikaciyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O'zbekiston shaxmat federaciyasi mutaxassislarini jalb qilgan holda O'zbekiston shaxmat federaciyasining shaxmat bo'yicha musobaqa va turnirlarni onlayn o'tkazish platformasi (www.uzchess.uz)ni ishlab chiqish, o'quvchilar va talabalar hamda o'qituvchilar, trenerlar va mutaxassislarning yagona elektron bazasini yaratish ishlarini amalga oshirish choralari ko'rilmoqda.

SHuningdek, yig'ilishda Prezident qarorida belgilab berilgan boshqa topshiriqlarning ijrosi ham muhokama qilindi va aniq vazifalar belgilab olindi. Xulosa qilib aytganda, “Yo'l xaritasi”da Prezident qarorida belgilab berilgan vazifalar o'z ifodasini topgan va uning amalga oshirilishi natijasida mamlakatimizda shaxmat sporti yangi darajaga ko'tarilishiga shubha yo'q.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing