12 avg 09:38
Yangiliklar

SHohjahon Ergashev jahon chempionati sovrindori Aloxon Abdullaevning kelajagiga aniqlik kiritdi
"Ko'pchilik "nega Aloxonga jiddiy janglarni bermayapsiz?" qabilida savol beryapti. Aloxonning faoliyatidagi jiddiy janglar nasib bo'lsa, shu bahsdan keyin boshlanadi. Uni Moskvaga olib ketamiz. Ko'ramiz, nima ko'rsatar ekan. Aloxon tomoshabop jang ko'rsatuvchi bokschi. SHu jangni o'tkazib olsinchi. Baribir hali prof boksning havosini olishi kerak. Namangandagi jangdan keyin Aloxonning faoliyatini hal qilamiz", deb aytib o'tgan Ergashev.
Malumot uchun, havaskor boksda 2023 yilda Toshkentda o'tkazilgan jahon chempionatida bronza medalini qo'lga kiritgan 22 yashar Abdullaev hozirgacha prof boksda 4 ta jang o'tkazib, 3 ta g'alaba va 1 ta durang qayd etgan. Uning keyingi jangi 16 avgust kuni Namanganda bo'lib o'tadi.
Fikrlar