14 avg 09:56
Yangiliklar

SHunchaki qoyil! Drikus dyu Plessi janglar oralig'idagi vaznini aytdi
Janubiy afrikalik aralash yakkakurash ustasining so'zlariga ko'ra, bu vazn 100 kilogramdan oshishi mumkin.
"Hali 84 kg vazn qilishim uchun ancha bor. Odatda men 102-104 kg tosh bosaman. Bu mening mashg'ulot yig'inida bo'lmagan vaqtimdagi vaznim ekanligi aniq", - deya dyu Plessining so'zlarini keltiradi Chicago Sports Network.
Drikus dyu Plessi 31 yoshda. U UFC`dagi debyutini 2020 yilda o'tkazgan. Fevral oyida bo'lib o'tgan UFC 312 musobaqasidagi so'nggi jangida u amerikalik sobiq chempion SHon Striklendni hakamlarning yakdil qarori evaziga mag'lub etgandi.
Eslatib o'tamiz, 17 avgust kuni AQSHning CHikago shahrida bo'lib o'tadigan UFC 319 turnirida dyu Plessi Xamzat CHimaevga qarshi chempionlik kamarini himoya qiladi.
Fikrlar