14 avg 10:38
Yangiliklar

Xamzat CHimaev UFC tarixidagi besh buyuk jangchini sanab berdi
Ularning bari mag'lubiyatga uchramagan aralash yakkakurash ustalari hisoblanadi.
"Janglari bo'yicha ham, rekordlari borasida ham ular yuqorida uzoq vaqt qolishgan... Ehtimol, Jon Jons, Jorj Sen-Per, Xabib Nurmagomedov, Bi-Jey Penn. Hozirgi jangchilardan Islam Maxachev mening beshtalik reytingimga kiradi. Islam allaqachon hammasini isbotladi. Ikkinchi divizionni zabt etish uchun kelmoqda", - dedi CHimaev UFC matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Malumot uchun, Xamzat CHimaev so'nggi jangini 26 oktyabr kuni Abu-Dabi (BAA) shahrida bo'lib o'tgan UFC 308 turnirida o'tkazgandi. O'shanda unga o'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni avstraliyalik Robert Uittaker raqiblik qilgan edi. Jang birinchi raundda og'ritish usuli bilan Borzning g'alabasi bilan yakunlangandi.
Fikrlar