14 avg 10:17
Yangiliklar
Tennis

Dunyoning birinchi raketkasi Cincinnati "Masters" 1/4 finalida
AQSHning Cincinnati shahrida tennis bo'yicha "Masters" seriyasiga kiruvchi turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Dunyoning birinchi raketkasi Yannik Sinner to'rtinchi davrada ATP reytingida 89-o'rinni egallab turgan franciyalik Adriana Mannarinoni qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 7/6(4). Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yanada yiriklashdi - 4:0.
Bir soatu 51 daqiqa davom etgan bahsda Sinner 12, Mannarino 10 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Yannikning yarim final chiptasi uchun kechadigan uchrashuvdagi raqibi kanadalik Feliks Oje-Alyassim bo'ladi. U 1/8 finalda francuz Benjamen Bonzini taslim etdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar