14 avg 12:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Stanionis Ennisga mag'lub bo'lganidan keyingi ilk jangini o'z uyida o'tkazadi
Professional boksning yarimo'rta vazn toifasida sobiq WBA chempioni Eymantas Stanionis (15-1, 9 KO) Litvada ringga chiqadi.
Boxing Scene malumotlariga ko'ra, u 27 sentyabr kuni o'zi tug'ilib o'sgan Litvaning Kaunas shahridagi Zalgiris Arena'da Janubiy afrikalik Jabulani Maxense (16-2, 8 KO)ga qarshi ringga ko'tariladi.
O'n raundga mo'ljallangan jang Eymantas uchun prof faoliyatida o'z vatanida o'tkazadigan ilk bellashuvi bo'ladi.
Stanionis oxirgi jangini aprel oyida amerikalik Jeyron Ennisga qarshi o'tkazib, muddatidan oldin mag'lub bo'lgan holda chempionlik kamaridan ayrilgandi.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar