14 avg 11:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Muhammadjon Qurbonovning navbatdagi jang sanasi va manzili elon qilindi
O'zbekistonlik MMA jangchisi, yarimengil vazn toifasida Octagon League'ning sobiq chempioni Muhammadjon Qurbonov keyingi jangini o'tkazadi.
33 yoshli hamyurtimiz 23 avgust kuni Qozog'istonning Olma-Ota shahridagi ADD Arena majmuasida tashkil etiladigan Naiza 76 turnirida ishtirok etadi. Asosiy kardda chiqish qiladigan Qurbonovga hozircha kim raqib bo'lishi aytilmagan.
Malumot uchun, Muhammadjon Qurbonov faoliyati davomida 16 ta jang o'tkazib, 12 g'alaba va 4 ta mag'lubiyat qayd etgan.
Havola :
Manba : instagram.com/naiza.mma
Fikrlar