So’nggi yangiliklar

19:12Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди 0 18:51Азамат Нуфтиллаевнинг жанги чемпионлик камари учун бўлади 0 18:30"UzChessCup" ғолиб ва совриндорлари мусобақа орқали қанча пулга эга чиқишди? 0 18:07Ишониш қийин: Жейк Пол бугун рақибига нисбатан камроқ пул ишлаб олди 0 17:46Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас" 0 17:25Царукян: "Оливейра титул учун жанг қилишга нолойиқ эди" 0 17:03Илк бор академик эшкак эшувчимиз Жаҳон кубогида шоҳсупага кўтарилди 0 16:42Қозоғистон ўз уйида ўтадиган Жаҳон кубоги учун таркибларини эълон қилди 0 16:21Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин 0 15:59Арман Царукян UFC раҳбарияти қароридан норози 0 15:38Уайт Махачев - Маддалена жанги қаерда ўтказилишини айтди 0 15:16Пантожа: "P4P рейтингида юқорироқ ўринга муносибман" 0 14:52Царукян: "Мен Топурияни финиш қила оламан" 0 14:28МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди 0 14:06Царукян енгил вазнда навбатдаги даъвогар бўладими? Дана Уайт жавоб берди 0

19 okt 08:02
Yangiliklar

Tadbirlar

Sirdaryoda aholi orasida ommaviy sog'lomlashtiruvchi mashg'ulotlar tashkil etildi

Sirdaryo viloyatida keksalar va nuroniylar, xotin-qizlar, yoshlar, korxona-tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar o'rtasida sog'lomlashtiruvchi badantarbiya mashg'ulotlari hamda Sog'lom hayot uchun 5000 qadam shiori ostida ommaviy yurish sport tadbirlari tashkil etildi.

Davlatimiz rahbari SH.Mirziyoev Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida, faollar bilan o'tkazilgan uchrashuvda yurtdoshlarimizni sog'lom turmush tarziga o'rgatish, ularni jismoniy tarbiya va sportga faol jalb etish, to'g'ri ovqatlanish, aholida ortiqcha vazn paydo bo'lishi natijasida qand kasalligi, shuningdek, turli yuqumli bo'lgan kasalliklarning kelib chiqishini oldini olish maqsadida aholi orasida sog'lomlashtiruvchi jismoniy mashqlarni keng ommalashtirish hamda ularga qulay sharoitlar yaratishga alohida etibor qaratish zarurligi, bu borada Oqoltin tumani tajribasi asosida aholi orasida sog'lom turmush tarzini ommalashtirish taklifini ilgari surgan edilar.

Mazkur vazifalar ijrosini taminlash, shuningdek aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida bugun erta tongdan Sirdaryo viloyatining Oqoltin, Xovos, Sirdaryo, Sayxunobod, Mirzaobod, Boyovut tumanlari hamda Guliston va SHirin shaharlari aholisi, jumladan, keksalar va nuroniylar, xotin-qizlar, yoshlar, korxona-tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar o'rtasida sog'lomlashtiruvchi badantarbiya mashg'ulotlari hamda «Sog'lom hayot uchun 5000 qadam» shiori ostida ommaviy yurish sport tadbirlari tashkil etildi.

SHuni alohida takidlash lozim, aholi tomonidan «Sog'lom hayot uchun 5000 qadam» akciyasi ijobiy qabul qilinib, ishtirokchilar safi tobora kengayib bormoqda. Xususan bugungi ertalabki badantarbiya va yurish sport tadbirlarida ham 15 mingga yaqin aholi ishtirok etdi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing