So’nggi yangiliklar

14:31Оливейра Физиев билан жанг анонсига муносабат билдирди 0 14:10Жанлуижи Доннаруммага бошқа ТОП клублардан таклиф тушди 0 13:48"Аҳмоқ ва руҳан заиф инсон". Стрикленд — Чимаев ҳақида фикрларини билдирди 0 13:23Расман: UFC турнирлари эндиликда мамлакатимиз ҳудудида ўзбек тилида намойиш этилади 0 13:02Мукофот жамғармаси 6 млн доллар бўлган турнир иштирокчилари тасдиқланди 0 12:41Модрич "Реал"га қайтиши мумкин 0 12:20Хамзат Чимаев — Оқ уйдаги эҳтимолий жанг ҳақида: "Мени депорт қилиб юборган бўлишарди" 0 11:59"Конор агар тўлиқ тайёргарлик кўрганида Хабибни ютарди" - Лобов 0 11:37Чимаев дю Плессига қарши беш раундлик жангга тайёр 0 11:15Можаро давом этади. Тер Штеген "Барселона" шифокорларини уйига киритишдан бош тортмоқда 0 10:54Осиё чемпионати: Бугун U-19 ёш тоифасидаги ярим финал баҳслари ўтказиляпти, унда 12 нафар боксчимиз иштирок этади (Жонли эфир) 0 10:33Слаломда эшкак эшувчиларимиз Осиё кубогига Хитойда тайёргарлик кўришяпти + ФОТО 0 10:12"Бу жуда муҳим". Бивол Кроуфордга Канело устидан ғалаба калитини айтди 0 09:51"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит? 0 09:30Адесанья навбатдаги жанг учун икки рақибни айтди 0

06 apr 08:07
Yangiliklar

Regbi

Sodiq Safoev regbi ommaviyligini yanada oshirish bo'yicha yig'ilish o'tkazdi

Teglar :  RegbiSodiq Safoev
Oliy Majlis Senati binosida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 oktyabrdagi O'zbekiston Respublikasida regbi sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi PQ-4500-sonli Qarorining ijrosi bo'yicha yig'ilish o'tkazildi.

Uni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisning birinchi o'rinbosari, O'zbekiston regbi federaciyasi raisi S.Safoev olib bordi, deya xabar bermoqda federaciya matbuot xizmati. Yig'ilishda Sportni rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi, Markaziy harbiy sport klubi, Respublika tovar-xom ashyo birjasi, Oliy va o'rta-maxsus talim vazirligi, talabalar sporti associaciyasi, O'zbekiston Milliy universiteti, Sport o'yinlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi kabi tashkilotlarning masullari ishtirok etishdi.

Mazkur yig'ilishda mamlakatimizda regbini rivojlantirish bo'yicha qabul qilingan Prezident Qarorining ijrosi, Franciyada regbi-7 bo'yicha o'tkazilishi rejalashtirilgan harbiylar o'rtasidagi jahon chempionatida O'zbekiston erkaklar va ayollar milliy terma jamoalarining ishtirokini taminlash hamda mamlakatimizda regbi sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish uchun zarur bo'lgan qo'shimcha chora-tadbirlar bo'yicha taklif va qo'shimchalar muhokama qilindi.

Yig'ilish yakunida Prezident Qarorining har bir bandi bo'yicha alohida tahliliy malumot, harbiylar o'rtasida o'tkaziladigan jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik ko'rish rejasi, milliy terma jamoa sportchilari uchun moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda yoshlar o'rtasida regbi sport turini yanada ommalashtirish bo'yicha masullarga vazifalar belgilandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing