So’nggi yangiliklar

10:38EЧЛ гуруҳ босқичини ҳал қилган "Қайрат" қанча ишлаб олди? 0 10:17Sinquefield Cup 2025. Ниҳоят, Нодирбек Абдусатторовда узоқ кутилган ғалаба 0 09:56Дзюдочиларимиз қуръадан сўнг Жаҳон чемпионатидаги рақибларини билиб олишди 0 09:35"Чимаев — тарихдаги энг кучли ўрта вазнли. Адесаньяни унутинг!" - мураббий 0 09:14EЧЛнинг 32 та жамоаси маълум. Тарихда илк бор қозоқ клуби гуруҳ босқичида қатнашади! 1 08:53"Tashkent Select" Қозоғистон ёшлар чемпионатида иштирок этиш учун пул топди, лекин... 0 08:32Наоя Иноуэ Аҳмадалиев билан жанг олдидан спаррингларни якунлади + ФОТО 0 08:11Усик тарихдаги энг бой боксчилар ўнталигига кирди 0 19:13Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди 0 18:52Бенавидеснинг мураббийи Бетербиевга қарши жанг ҳақида гапирди 0 18:24Хабиб Нурмагомедов Махачев учун ярим ўрта вазндаги рақибларни санади 0 18:03"Чимаевнинг Р4Р рейтингидаги ўрни — Топурия ва Махачевдан кейин" - Кормье 0 17:4316 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди 0 17:27"Оливейрани нокаут қила оламан" - Физиев 0 17:08Гандбол. ЖЧга йўл олгани айтилган терма жамоамиз дисквалификация қилиндими? 0

18 sen 12:18
Yangiliklar

Boshqalar

Sportchilar uchun: psixologik tayyorgarlik haqida 5 ta fakt

Teglar :  Psixologiya
AQSH 4 yillikning va umuman dunyoning eng nufuzli sport musobaqasi bo'lgan Olimpiya o'yinlarida nega birinchilikni bermay kelmoqda?

CHunki, boshqalardan farqli ravishda AQSH o'z olimpiyachilarini nafaqat yuqori darajada taktik-texnik, jismoniy tayyorgarligiga, balki har bir sportchining psixologik tayyorgarligiga ham jiddiy etibor beradi. Amerika psixologlar associaciyasi (APA) malumotiga ko'ra, oxirgi paytlarda Olimpiya darajasidagi sportchilar bilan psixologik yo'nalishida olib borilayotgan ishlar, ehtiyoj asosida keskin oshirilmoqda. Maykl Felps va Simona Baylz kabi juda katta tajribaga ega, nomdor va eng mashhur sportchilarda ham psixologik muammolar uchrashi, ular mutaxassis psixologlar bilan ishlashi APA'ning rasmiy saytida keltiriladi.

"Biz AQSHga etib olishimizgacha ancha bor" deb o'tirish yaramaydi. Tan olib aytishimiz kerak, Rio Olimpiadasi bilan Tokiodagi natijalarimizni solishtirsak, rivojlanish yo'q. SHoshilinch choralar hukumat va mutasaddi idoralar tomonidan ko'rilmoqda, tegishli normativ huquqiy islohotlar olib borilmoqda. Zamonaviy professional sport transformaciyaga uchrayotganini tan olish, eskicha uslubda ishlayotgan murabbiylar hamda mashg'ulotlarni olib borayotgan sportchilar, ayniqsa natija past bo'lgan hollarda nimanidir o'zgartirish, rivojlanish, yangiliklarni qabul qilishni o'rganishlari zarur bo'lgan vaqt keldi. 

Yuqoridagilardan kelib chiqib, mutaxassis psixolog va amaliyotchi sport psixologi sifatida quyidagi faktlarni to'pladik hamda ularni professional sport sohasidagi murabbiylar, ayniqsa sportchilarimiz, qo'shimcha ravishda mutasaddilar bilishlari foydadan holi bo'lmaydi degan fikrdamiz.

1-fakt

Psixologik tayyorgarlik sportchining natijalarini oshirishga yordam beradi xolos, uni chempionga aylantirib qo'yadigan sexrli tayoqcha yoki bir xo'plab ichiladigan eliksir emas. Sportchi bunda psixolog bilan birga “mehnat” qilishi kerak.


2-fakt

Psixologik tayyorgarlik bir martalik psixolog suhbati (konsultaciyasi) bilan shakllanib qolmaydi, jismoniy yoki taktik-texnik tayyorgarlik kabi doimiy, muayyan vaqt davomidagi mashqlar va psixolog kuzatuvi zarur.


3-fakt

Psixologik tayyorgarlik zamonaviy professional sport tayyorgarligining bir qismiga aylanib ulgurgan. Psixologik tayyorgarlik kerak emas degan fikrdagi “juda tajribali murabbiy va mutasaddilar” 20-30 yil avvalgi sport tajribalariga asoslanib, zamonaviy professional sport performansini ko'rsata oladigan sportchilarni tarbiyalasa bo'ladi degan irracional fikrda qolib ketishgan insonlardir. Sportchilarning masuliyatli musobaqalardagi tushunarsiz sabablar bilan mag'lubiyatidan dars olish maqsadga muvofiq.


4-fakt

Stomatolog urologni vazifasini bajara olmagani kabi, sport psixologining vazifasini vrach yoki juda tajribali murabbiylar bajara olmaydi. Barcha sport mutaxassislari hamkorlikda ishlashlari shart.


5-fakt

Psixologga ehtiyoji yo'q bo'lgan sportchilar bo'lishi mumkin, qobiliyat istedodga aylangan hollarda sportchi hatto murabbiysiz ham Olimp cho'qqisini zabt eta oladi. Lekin sportchi o'zi (sport ijrosi va mahorati)  haqida kichik ikkilanish yoki havotiri bo'lsa, psixolog yordamini olishdan tortinmasligi kerak. Bu uning natijalari yaxshilashining kaliti bo'lishi mumkin. Muhimi sport menejerlari hamda murabbiylar bu masalaga bag'rikengroq bo'lishlari kun tartibidagi muhim tavsiya hisoblanadi.


Akobr Abdullaev, sport psixologi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing