So’nggi yangiliklar

19:46Маддалена Пратесга қарши! UFC Australia турнири иштирокчилари вазн ўлчаш маросимидан ўтишди 0 19:02"Бавария" 8 нафар футболчисини трансферга қўйди 0 18:39Мераб Двалишвили Пётр Янга қарши учинчи жангни қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0 18:18Хамзат Чимаев Хабибнинг ашаддий рақиби уни ММА жангчиси бўлишга илҳомлантирганини айтди 0 17:56"Бу жангдан маъно йўқ". Двалишвили нима учун Царукян билан жангга рад жавобини берганини айтди 0 17:35Расман: "Манчестер Юнайтед" ярим ҳимоячиси билан янги шартнома тузди 0 17:14Чарльз Оливейра UFC билан янги шартнома имзолади 0 16:53Наманганда “Саломатлик сари 10 000 қадам” марафонига старт берилди 0 16:32Дмитрий Бивол келажак режалари ҳақида гапирди 0 16:11Sky Sports: "Атлетико" Альваресни 150 миллион еврога баҳолаган 0 15:50Сауль Альварес Ар-Риёдда кутилмаган рақибга қарши рингга кўтарилади + ФОТО 0 15:29TePe Sigeman 2026 турнири бошланяпти. Унда Абдусатторов ва Магнус Карлсен ҳам иштирок этади 0 15:08Шавкат Раҳмоновнинг октагонга қайтиши ҳақида хабар берилди 0 14:47Daily Mail АПЛ мавсумининг энг ёмон 10 та трансферини аниқлади 0 14:26Арман Царукяннинг рақиби маълум - Тони Фергюсон! (+ПОСТЕР) 0

17 okt 21:00
Yangiliklar

Boshqalar

O'zingizni to'g'ri baholashni o'rganing! Sportchining baxti qaerda?

(Yohud sportda oliy yutuqlarining nomoddiy resursi)

Xalqaro olimpiya qo'mitasi o'z ijtimoiy tarmoq sahifalarida 10 oktyabrdan buyon “Butunjahon psixik salomatlik kuni” munosabati bilan, sportchilarga “agar sizda qiyin vaziyat yuzaga kelsa, yordam oling” degan manodagi chaqiriqlar bilan bir nechta postlar qoldirdi. Professional sportchilar orasida psixologik salomatligida muammolar yuzaga kelish holatlari ayniqsa, COVID-19 pandemiyasidan so'ng ko'paygan, jumladan asabiylik va havotir qariyb 22%ga, depressiyaga chalinish esa deyarli 4%ga ko'paygan. Bu hozirgi zamonda sportchilarning psixologik salomatligiga jiddiy etibor berish kerakligini bildiruvchi signaldir. 

Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, oliy darajadagi sportchilarning barchasi ham, erishilgan olamshumul g'alabalar yoki o'rnatilgan rekordlariga qaramay o'zlarini baxtli his etishmaydi. Professional sport sportchi psixikasini muntazam ekstremal psixologik sinovlardan o'tkazib turuvchi og'ir jarayonlar qatoriga kiradi, bunday jarayonlarni boshidan kechirar ekan, sportchi albatta muayyan psixologik salomatlik asoslaridan xabardor bo'lishi va bu salomatlik sohasini mustahkamlovchi ko'nikmalarni o'zida shakllantirishi mutaxassislar tomonidan tavsiya etiladi. CHunki, inson qachonki psixologik sog'lom bo'lsagina, baxtni his eta oladi, yana oliy yutuqlarga erishishning nomoddiy resursiga ega bo'ladi. Quyida sportchilar doimo psixologik jihatdan sog'lom bo'lishlari uchun bir qator tavsiyalarni to'pladik:

 1. Hurmatli sportchi hech qachon unutmang, sportchi ham odam, u ham (yani siz ham) baxtli yashash huquqiga ega. Buni baxtli yashash istagidan boshlash kerak. Buni shunchaki xohlang, hammasi shu nuqtadan boshlanadi. Baxtni istash kerak xolos, uni ortidan quvishni hojati yo'q, u kapalak misoli uni ushlashga uringaningiz sari u uzoqqa ketaveradi, eng yaxshi usul baxtga aylaning.

2. Sportdagi oliy yutuqlardan baxtni qidiravermang. Baxt ota-onangizning borligida, ularning suhbatida, farzandingizning shirin kulishida, yoringizning sizga mehr bilan aytgan so'zlarida, yaqinlar davrasidagi do'stona muhitda, sevimli musiqangiz yangraganda, tongi toza havodan to'yib nafas olganingizda, umuman har onda baxt bor. Sport yutuqlarini baxt deb bilish, sportchilarning psixologik salomatligiga salbiy tasir qilishi mumkin. CHunki, sport g'alaba va mag'lubiyatdan iborat. 

3. O'zingizni to'g'ri baholashni o'rganing. Bu nima degani? O'zini to'g'ri baholash o'zini juda past ham emas, juda yuqori ham emas, mantiq va aql tarozilariga tortgan holda baholashdir. Buning yomon tomoni nimada, bilasizmi?! O'zini juda past baholagan odam, o'ziga ishonmaydi, bu degani u o'zidagi bor imkoniyatga ham ishonmaydi, qobiliyatlariga shubha qiladi, hech qachon o'z potencialini ko'rsata olmaydi. O'zini juda yuqori baholab yuboradigan inson esa kibrga berilishi, o'z kamchiliklarini ko'rmasligi, oqibatda juda chuqur jarlik yoqasida kelib qolishi mumkin. Eng yaxshi yo'l esa, o'zini tanqid qila olish, xatolarini o'z vaqtida tan olib, bartaraf etish. SHu bilan birga, o'zining ustun jihatlari va qobiliyatlarini doimo esda tutish, ularni muntazam “o'tkirlab” borishdir.

 4. Ongingizda yoki qalbingizda yuzaga kelayotgan, siz uchun yoqimsiz, ayniqsa sizga har qanaqasiga salbiy tasir etayotgan his-tuyg'ular, o'zgarishlarni ijobiy muhokama (Positive self talk) qilishni o'rganing. Albatta, bunday holda tajribali psixologga murojaat qilish maqsadga muvofiq. Bunday imkoniyat bo'lmagan taqdirda, buni istamagan taqdiringizda o'z o'zingiz bilan ijobiy muloqot, ijobiy muhokamaga kirishishni odat qiling. Sportchilar uchun eng salbiy holat, ayniqsa ularning musobaqalarga psixologik tayyorgarligining buzilishiga sabab bo'luvchi omil bu o'z o'zi bilan salbiy muloqot qilishi, ichki fikrlar qarama qarshiligi, o'z fikrlari va hissiyotlarini bag'rikenglik bilan qabul qila olmasligidadir. 

5. Eng muhim tavsiya, sog'lom yo'llar bilan tezda “boshdagi ahlatni tozalash”ni va diqqatni jamlashni o'rganish kerak. Nafas mashqlaridan foydalaning, tinch holatda o'tirib shunchaki bor fikringizni nafasingizga qarating, bir necha daqiqa uni kuzating. Biz o'zimiz o'ylab topgan salbiy g'oyalarni, hali yuz bermagan muvaffaqiyatsiz vaziyatlarni yoki ortda qolib ketgan yoqimsiz holatlarni xotirada aylantiraverib, o'zimizni baxtsiz insonga aylantiramiz. To'g'ri yo'l esa. hozir va shu erda yashash, aynan hozir siz uchun eng muhimi nima, aynan hozir siz rivojlanish uchun nima qilishingiz kerak, aynan hozir siz nimani istaysiz, aynan hozir atrofingizda qanday yoqimli voqeilik sodir bo'lmoqda, hozir siz oldingizga qaysi vazifani qo'ysangiz, keyinchalik afsuslanmaysiz?! 

Ishonamizki professional sport bilan shug'ullanuvchilar bu tavsiyalarga amal qilishsa, birinchidan inson sifatida baxtli yashay boshlaydilar, ikkinchidan esa oliy yutuqlarga erishish uchun psixologik potencialini oshiradilar.

Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi Sport psixologiyasi bo'limi mudiri, sport psixolog – Akobr Abdullaev

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing