So’nggi yangiliklar

08:46"Челси" ўз майдонида "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб этди + ВИДЕО 0 23:10Боксчиларимиз Жаҳон кубогида 6 та олтин медалга сазовор бўлишди 0 19:01Менежер Магомед Анкалаев учун энг қийин рақиб кимлигини айтди 0 18:39Жасур Алижонов Темиров - Алмабаев жанги ҳақида: "Бу мухлислар учун томошабоп жанг бўлади" 0 18:17Анчелоттига Бразилия термасида кимлар ёрдам бериши маълум 0 17:53Бивол - Бетербиев жанги бўйича дастлабки келишувга эришилди 0 17:25Баҳодир Жалолов IBF рейтингида 12-ўринда қайд этилди 0 17:03Хамзат Чимаев: "Махачев — Топурия жанги мухлислар истаги" 0 16:39"Барселона" келаси мавсумда "Камп Ноу"га қайтишни режалаштирмоқда 0 16:17"Биз Асу Алмабаев билан жангдан воз кечмоқчи эдик" - Рамазон Темировнинг мураббийи 0 15:55WBC рейтинги янгиланди: Баҳодир 7-поғонада. Қолганларнинг ўрни қандай? 0 15:32Илия Топурия яримўрта вазн тоифасига кўтарилиш эҳтимоли ҳақида гапирди 0 15:10"Барселона" Шенснига ўринбосар қидирмоқда 0 14:48Жервонта Дэвис – Ламонт Роуч реванши санаси маълум қилинди 0 14:20Жамал Хилл Анкалаевга қарши жанг қилмоқчи 0

15 may 09:23
Yangiliklar

SHaxmat

Superbet Chess Classic Romania. Nodirbek Abdusattorov ilk g'alabasini qo'lga kiritdi

SHu kunlarda Ruminiya poytaxti Buxarest shahri klassik shaxmat bo'yicha nufuzli turnirga mezbonlik qilmoqda.

Grand Chess Tour 2025 tasnifiga kiruvchi — Superbet Chess Classic Romania turnirining mukofot jamg'armasi 350 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. G'olib umumiy summaning 100 000 dollariga ega bo'ladi. Dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari qatorida bosh sovrin uchun Nodirbek Abdusattorov ham kurash olib bormoqda. 

Grossmeysterimiz kecha o'tkazilgan 7-tur uchrashuvida nihoyat musobaqadagi birinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. U oq donalarda polshalik xalqaro grossmeyster Yan-Krishtof Dudani mag'lubiyatga uchratdi. Nodirbek 8-tur oldidan 1 g'alaba, 5 durang va 1 mag'lubiyat bilan 3,5 ochko jamg'argan holda qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 7-o'ringa ko'tarilib oldi. Beshinchi o'rindagi Levon Aronyan hisobida ham 3,5 ochko bor. 

Ettinchi turning qolgan barcha partiyalarida tomonlar durangga imzo chekishdi. To'rt nafar shaxmatchi 4 ochkodan to'plab, kuchli to'rtlikdan joy olgan. Qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra Fabiano Karuana peshqadam bo'lib turibdi. Amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommaradju uchun Ruminiyadagi turnir omadsiz o'tmoqda. U 2,5 ochko bilan so'nggi 10-o'rinni band etgan. 

Bugun musobaqaning 8-tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Nodirbek Abdusattorov turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turgan franciyalik Alireza Firuzdjaga qarshi qora donalarda o'ynaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing