So’nggi yangiliklar

19:10Суперлигада мураббийлар "рокировкаси": танаффусдаги кутилган ва кутилмаган тайинловлар 0 18:37Хабиб Нурмагомедов ЖЧ–2026нинг рамзий терма жамоасини тузди. Унда Месси ва Роналду йўқ 0 17:53Асу Алмабаев RAF Лигасидаги илк жанги эълон қилинди 0 17:26Музаффаров ва Холдаров Ереванда илк жангларини ўтказишди 0 16:54Винисиус косметик операция қилдирди 0 16:25Қозоғистонлик Жаҳон чемпиони Жанибек Алимханули бошқа вазнга ўтаётганини эълон қилди 0 15:57Мария Тимофеева Прагада муваффақиятли старт олди 0 15:25Богдан Гусков ва Рамазон Темиров UFC Abu Dhabi турнири олдидан медиа тадбирлардаги иштирокини бошлашди 0 14:49ЖЧ-2026нинг энг яхши футболчиси "Реал"га ўтмоқчи 0 14:13Пара академик эшкак эшувчиларимизнинг кейинги манзили Германия бўлади 0 13:37Ёш сузувчиларимиз қитъа биринчилигида яна олтин ва бронза медаллари билан тақдирланишди 0 13:09Ҳумоюн Тўхтамуродов бразилиялик спортчи билан жанг қилади (ПОСТЕР) 0 12:42ФИФА ЖЧ-2026'да қанча даромад топди? 0 12:05Оливейра Махачевга маслаҳат берди 0 11:38Таэквондочиларимиз Жанубий Кореядаги халқаро турнирни 3 та медаль билан бошлашди 0

16 may 11:07
Yangiliklar

SHaxmat

Superbet Chess Classic Romania. Nodirbek Abdusattorov ochko jamg'arishda davom etmoqda

SHu kunlarda Ruminiya poytaxti Buxarest shahri klassik shaxmat bo'yicha nufuzli turnirga mezbonlik qilmoqda.

Grand Chess Tour 2025 tasnifiga kiruvchi — Superbet Chess Classic Romania turnirining mukofot jamg'armasi 350 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. G'olib umumiy summaning 100 000 dollariga ega bo'ladi. Dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari qatorida bosh sovrin uchun Nodirbek Abdusattorov ham kurash olib bormoqda. 

Grossmeysterimiz kecha o'tkazilgan 8-tur uchrashuvida turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turgan franciyalik Alireza Firuzdjaga qarshi qora donalarda o'ynadi va durangga imzo chekdi. Nodirbek 7-turda musobaqadagi birinchi g'alabasini qo'lga kiritgandi. U oq donalarda polshalik xalqaro grossmeyster Yan-Krishtof Dudani mag'lubiyatga uchratgan edi. 

Nodirbek so'nggi 9-tur oldidan 1 g'alaba, 6 durang va 1 mag'lubiyat bilan 4 ochko jamg'argan holda qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 7-pog'onadan 5-o'ringa ko'tarilib oldi. Amerikalik Uesli Sodan ustun kelgan hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha 5 ochko bilan yakka peshqadamga aylanib oldi. Nihoyat, amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradju ham musobaqadagi birinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. U qora donalarda o'ynaganiga qaramay, amerikalik Levon Aronyanni taslim eta oldi.   

Bugun musobaqaning so'nggi 9-tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Nodirbek Abdusattorov oq donalarda turnir jadvalida 3,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 8-o'rinni egallab turgan amerikalik grossmeyster Uesli Soga qarshi bahs olib boradi. Agar hamyurtimiz bugun g'alaba qozona olsa, katta ehtimol bilan musobaqani kuchli uchlikda yakunlaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing