So’nggi yangiliklar

11:14Рамазон Темировнинг Асу Алмабаев билан жанги бекор бўлишига допинг сабаб бўлди 0 10:53Оғир атлетика: Осиё чемпионатининг навбатдаги кунида 20 та медаль қўлга киритилди 0 10:32Макс Холлоуэй UFC'да яна нечта жанги қолганини айтди 0 10:11Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди 0 09:50Боксчи қизларимиз Чин юртига жўнаб кетишди 0 09:29Илия Топурия UFC’даги асосий мақсадини очиқлади 0 09:08Спорт вазирлигининг кенгайтирилган Ҳайъат йиғилиши бўлиб ўтди 0 08:47"Челси" клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионати финалида! 0 08:26Уимблдон. Карлос Алькарас 1/2 финалда! 0 08:05"UFC'да доғистонлик курашчиларни ёмон кўришади" - мураббий 0 19:41Мераб Двалишвили: "Пётр Ян — Умардан кучлироқ" 0 19:20Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди 0 18:58Илия Топурия: "Мен Арман Царукянни финиш қиламан" 0 18:37"Жанг фақат камар учун". Шавкат Раҳмонов Муҳаммадга қарши жанг қилмайди 0 18:14Мераб Двалишвили: "MMA’да энг ёқтирмайдиган нарсам — вазн ташлаш" 0

04 iyu 11:11
Yangiliklar

SHaxmat

Superunited Rapid & Blitz Croatia. Abdusattorovni ishlari chatoq, Gukesh so'nggi 5 ta uchrashuvda g'alaba qozondi

Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli "Grand Chess Tour" turkumi musobaqalarining hisob bo'yicha uchinchi turniri davom etmoqda.

Mukofot jamg'armasi 175 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqa rapid va blic yo'nalishlarida o'tkazilyapti. Unda Magnus Karlsen, Gukesh Dommaradju, Fabiano Karuana singari shaxmat yulduzlari qatorida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham sovrinli o'rinlar uchun dona surmoqda.    

Musobaqa aylanma formatda o'tkazilyapti. Rapid bahslari 9, blic uchashuvlari esa 18 partiyadan iborat bo'ladi. Kecha musobaqaning ikkinchi kuni rapid bahslari doirasida yana 3 ta tur partiyalari o'tkazildi. Nodirbek Abdusattorov 4-turda oq donalarda o'ynaganiga qaramay, amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradjuga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Hindistonlik shaxmatchi hozirgacha o'tkazilgan 6 ta partiyaning 5 tasida g'alaba qozondi. Hatto Magnus Karlsen ham mag'lub etildi. 

Abdusattorov beshinchi turda amerikalik Uesli So bilan durang o'ynadi. Oltinchi turda yana bir AQSH vakili, reytingda o'zidan yuqorida borayotgan Fabiano Karuanaga ham oq donalarda o'ynab, yutqazib qo'ydi. 

Turnirda g'alabaga 2, durangga 1 ochko beriladi. Grossmeysterimiz 12 imkoniyatdan bor yo'g'i 3 ochko to'plab, turnir jadvalida so'nggi 10-o'rinni egallab turibdi. To'qqizinchi pog'onadagi Alireza Firuzdja hisobida 4 ochko bor. Gukesh 10 ochko bilan yakka peshqadam, ikkinchi o'rindagi polshalik Yan-Krishtoff Duda hisobida 8 ochko bor. Uesli So 7 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasagan.    

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing