So’nggi yangiliklar

18:02Жота ва гуллар 0 17:41Яхши янгилик: "Tashkent Select" жамоаси янги мавсумда ҳам Қозоғистон чемпионатида иштирок этади 0 17:20Бенавидес ва Ярд WBC камари учун жанг қилади 0 16:59Топурия Хамзат Чимаев ҳақида: "У одам — ёввойи!" 0 16:38Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди 0 16:17Арман Царукян: "Пимблетт Топ-5 даражасидаги жангчи эмас. У фақат қарияларни юта олади" 0 15:56Илия Топурия: "Ҳаммаси менга боғлиқ бўлганида, 13 июль куниёқ Махачев билан жанг қилардим" 0 15:35Ўзбек боксчилари океан ортида машғулотларни давом эттиришяпти (ФОТО) 0 15:14Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди 0 14:53Холмурод Нурматов кейинги жангини ACA Лигасида ўтказади 0 14:32UFC кузда Бразилияда турнир ўтказиши мумкин 0 14:11Ёш дзюдочиларимиз Туркиядаги нуфузли мусобақадаги иштирокларини бошлашди 0 13:50"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради 0 13:29Жаҳон кубоги. Бугун тўрт боксчимиз финал чиптаси учун рингга кўтарилади 0 13:08Superunited Rapid & Blitz Croatia. Гукеш чемпион бўлган рапид баҳсларида Абдусатторов нечанчи ўринни эгаллади? 0

11 iyu 14:56
Yangiliklar

Tennis

Tennischilarimiz sovrindorlar orasida + FOTO

Teglar :  Tennis
2021 yilning ortda qolgan kunlari Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi yosh sportchilari uchun nihoyatda omadli keldi.

Jumladan, ROZTM tarbiyalanuvchilari aprel oyida bo'lib o'tgan O'zbekiston chempionatida jami 51 ta medallarni (shundan 18 ta oltin, 19 ta kumush, 14 ta bronza) qo'lga kiritishdi. Aprelning so'nggi kunlari poytaxtimizda o'tgan Xalqaro tennis federaciyasi ITF tasnifiga kiruvchi J-3 xalqaro turnirida sport maktabining 18 yoshgacha bo'lgan terma jamoasi azolari ham ishtirok etishdi. Unda Fayzullo Mirzag'aniev (yakkalikda 2-o'rin), Ismoil Xayriddinov (juftlikda 1-o'rin), Maftunabonu Qahramonova (juftlikda2-o'rin), Munisa Ashurbekova (juftlikda 2-o'rin), Farida Marimova (juftlikda3-o'rin) kuchli uchlikdan joy egallashdi. 

SHuningdek, shu yosh toifasidagi tennischilar 15-29 may kunlari Bishkek shahrida Xalqaro tennis federaciyasi ITF tasnifiga kiruvchi J-5 xalqaro turnirda qatnashdi. Xususan, Ismoil Xayriddinov juftlikda (Amir Milushev, O'zbekiston) 3-o'rinni egalladi. Yana bir umidli sportchi Fayzullo Mirzag'aniev musobaqaning chorak finaliga chiqqandi. Biroq jarohati bois Fayzullo turnirni erta tark etishga majbur bo'ldi. 

Qolaversa, istedodli tennischilarimiz Bishkek va Dushanbe shaharlaridagi turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdi. O'tgan oyda Tojikiston poytaxtida ATF (Osiyo tennis federaciyasi) tasarrufi ostida o'tgan xalqaro turnirda kechgan bellashuvlarda ham yakkalik va juftlik yo'nalishlarda o'z omadlarini sinab ko'rishdi. Jumladan, Abdulaziz Usmonjonov ikki bor yakkalikda tengsiz topilgan bo'lsa, juftlikda ham ikki bor Javohir Mirzakamolov bilan shohsupaning eng yuqorisiga ko'tarilishdi. SHuningdek, Nuriddin Baxtiyorov (juftlikda 2 va 3-o'rin, yakkalikda 3-o'rin),Abdurahmon Xojiboev (2 va 3-o'rin, juftlikda), Abdulloh Dilshodov (ikkita 2-o'rin, juftlikda), sovrindor bo'lishdi. 

Xabaringiz bor, O'zbekiston 2025 yilgi yoshlar o'rtasida IV yozgi Osiyo o'yinlariga mezbonlik qiladi. Takidlash joizki, yuqorida nomlari tilga olingan umidli sportchilar tennis bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining etakchi azolari sanaladi. Ular yurtimizda kechadigan bo'lajak Osiyo o'yinlarida mamlakatimiz shanini himoya qilishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing