So’nggi yangiliklar

19:06Алонсо “Реал“нинг етакчиларидан бирини АПЛ жамоасига сотишга розилик берди 0 18:45Александр Усик ўзининг заиф томонини айтди 0 18:24Рафаэль Надаль: "Жотанинг оиласига ҳамдардман" 0 18:01Жасур Мирзамуҳаммедов жангларга қайтмоқда 0 17:39Расман: Жасур Жалолиддинов — "Сўғдиёна" футболчиси! 0 17:17Боксчи йигитларимиз нима учун Қозоғистондаги Жаҳон кубогига боришмади? Бокс федерацияси бунга муносабат билдирди 0 16:54Темиров: "Пантожанинг кейинги рақиби мен бўламан" 0 16:30Макгрегор 10 йиллик қамоқ ҳақидаги хабарларга жавоб қайтарди 0 16:07Озарбайжон президенти: "Ўзбекистон термасининг ЖЧга чиққани тасодиф эмас" 0 15:45Дастин Порье: "Бу охирги имконият. Чиройли тарзда кетмоқчиман" 0 15:23Конор Макгрегорга 10 йиллик қамоқ жазоси таҳдид солмоқда 0 15:02Усикнинг жамоасида Фьюрининг учинчи жанг ҳақидаги сўзларига муносабат билдиришди 0 14:41Бугун Мираброр Усмонов ҳаёт бўлганида 78 ёшини қарши олар эди 0 14:20Умар Кремлёв бокс бўйича жаҳон чемпиони 1 миллион долларга эга бўлишини айтди 0 13:59IBF Бивол учун мажбурий даъвогарни эълон қилди 0

27 may 16:12
Yangiliklar

Tennis

Tennischilarimiz xalqaro musobaqalarda: hamyurtlarimizdan g'alaba va mag'lubiyatlar

Teglar :  Tennis
SHu kunlarda Tunisning Monastir shahrida ITF tasnifiga kiruvchi “M15 Monastir 21” turniri bo'lib o'tmoqda.

Kecha tennischimiz Humoyun Sultonov turnirning 1/16 final bosqichida argentinalik Tomas Farjatga qarshi kortga chiqdi. 2 set davom etgan uchrashuvda Sultonov 6/3, 6/4 hisobida g'alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqdi.

“M15 Shymkent 5”  turnirida bir qator tennischilarimiz ishtirok etmoqda. Musobaqaning 1/16 bosqichida kortga chiqqan hamyurtimiz Sergey Fomin rossiyalik raqibi Bulet Galievni 6/4, 7/6 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bugun esa u rossiyalik Aleksandr SHevchenkoga qarshi o'yin o'tkazdi va 2/6, 1/6 hisoblarida imkoniyatni boy berdi. 

Huddi shu musobaqada qatnashayotgan Ibrohim Urinov shveycariyalik Lauroi Martinezga qarshi o'yin o'tkazdi. Afsuski, Urinov raqibiga 2/6, 2/6 hisobida yutqazib qo'yib, musobaqani tark etdi.

Yana bir tennischimiz Olimjon Nabiev musobaqadagi ilk o'yinida italiyalik Edoardo Levandoga qarshi kortga chiqdi. 2 set davom etgan uchrashuvda afsuski, Nabiev raqibiga 2/6, 0/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

Qozog'istonning CHimkent shahrida bo'lib o'tayotgan turnirda bugun tennischimiz Larisa Bekmatova Martina Kubka bilan to'qnash keldi. Afsuski, Bekmatova 2 setda 5/7, 2/6 hisobida mag'lubiyatga uchrab, musobaqani tark etdi.

Latviyada “W25 Leipaja”  turnirida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Aqgul Amonmurodova kecha 1/16 final bosqichida hindistonlik Riya Bxatiyaga qarshi kechgan uchrashuvda raqibasiga 4/6, 4/6 hisobida yutqazib qo'ydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing