So’nggi yangiliklar

19:02"Манчестер Юнайтед" "Реал" юлдузини сотиб олмоқчи 0 18:33RIZIN чемпиони Mangu 2 турнири меҳмони бўлади (ПОСТЕР) 0 18:09Отабек Умаров ва Ойбек Касимов Осиё Олимпия кенгаши Ижроия қўмитасининг 109-йиғилишида иштирок этди 0 17:48Расман! UFC Нурсултон Рўзибоев иштирокидаги турнирни эълон қилди (ПОСТЕР) 0 17:27"Барселона" вингери кейинги мавсумни ижарада ўтказади 0 17:06Оқ уйдаги UFC турнири учун хавфсизликни баҳолашнинг энг юқори даражаси ўрнатилади 0 16:45Кроуфорд Мадримовнинг Канело билан эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 16:23Жаҳонгир Зокиров Жаҳон кубогидаги юришини бошлайди 0 16:02МЮ Каземирога "Реал"дан ўринбосар топди 0 15:41ATP рейтинги. Наҳотки!? Фомин 24, Султонов 65 поғонага юқорилади 0 15:20"Менда доғистонликлар билан муаммо йўқ, фақат Нурмагомедов..." - Двалишвили 0 14:59О’Мэлли жанги даъвогарлик мақомида бўладими? Дана Уайт жавоб берди 0 14:38"Ньюкасл" ўз етакчиси учун "Бавария"дан 75 миллион фунт сўрамоқда 0 14:17Фомин Shymkent Challenger турниридаги иштирокини ғалаба билан бошлади 0 13:56Маҳмуд Мурадов ўзига янги қимматбаҳо автомобил харид қилди (ФОТО) 0

19 apr 11:15
Yangiliklar

SHaxmat

The Guardian: “Sindarov Magnus Karlsenni klassik shaxmatga qaytirishi mumkin"

Dunyoga mashhur The Guardian nashri Javohir Sindarovning Nomzodlar turniridagi o'yinini tahlil qilib, yana bir maqola chiqardi.

Unda bu natija Magnus Karlsenni yana klassik shaxmatga qaytarishi mumkinmi, degan savol ham ko'tarilgan.

Maqolada aytilishicha, Sindarov butun turnir davomida o'yinni to'liq nazorat qilgan. Uning uslubi esa sovuqqonlik, tartib va aniq hisobi tufayli Mihail Botvinnik maktabini eslatadi.

Eng katta ustunliklaridan biri esa tayyorgarlik. U ko'p partiyalarda o'yin rivojini oldindan juda aniq his qilgan, hatto bazi holatlarda endshpilgacha bo'lgan rejani oldindan ko'rib chiqqandek taassurot qoldirgan.

SHuningdek, Javohir bosim ostida ham o'zini yo'qotmadi. Masalan, Fabiano Karuanaga qarshi murakkab vaziyatda ham himoyani juda aniq olib bordi.

Natija esa rekord darajada - 6 g'alaba, 8 durang. Bu hozirgi formatdagi Nomzodlar turnirida eng yaxshi ko'rsatkich. Endi uni jahon chempionligi uchun Gukesh Dommarajuga qarshi 14 partiyalik match kutmoqda. Ikkalasi ham o'sha paytga kelib 20 yoshda bo'ladi.

Hozirgi holatda Sindarov favorit sifatida ko'rilmoqda, lekin Gukesh ham kuchli qarshilik ko'rsatishi aniq.

Maqoladagi eng qiziq savol esa boshqacha:

— Agar imkon bo'lsa, Karlsen Sindarovga qarshi yana jahon chempionligi uchun o'ynaydimi?

Eslatib o'tilishicha, avvalroq Karlsen faqat Alireza Firuzjaga qarshi o'ynasagina, qaytishi mumkinligiini aytgandi. Ammo vaqt o'tishi bilan vaziyat o'zgardi. Firuzja kutilgan darajada o'smadi, Sindarov esa aksincha, juda tez yuqori darajaga chiqdi.

Maqolada Sindarovning yo'li ham alohida takidlanadi. U yoshligida Kontr-straykka berilib ketgani, lekin keyin yana jiddiy ravishda shaxmatga qaytib, qisqa vaqt ichida elita darajasiga chiqqani va hatto O'zbekiston terma jamoasi bilan Olimpiada oltinini ham qo'lga kiritgani etirof etilgan..

Yozilishiga ko'ra, agar Karlsen va Sindarov o'rtasida match bo'lib o'tsa, bu juda katta voqea bo'ladi. SHuningdek, katta daromad ham keltirishi mumkin.

Lekin yakuniy xulosaga ko'ra, Karlsenning qaytishi ehtimoli katta emas. CHunki u aynan uzoq va chuqur kompyuter tayyorgarligidan charchagan edi. Bu esa hozirgi shaxmatda, ayniqsa Sindarov kabi o'yinchilarga qarshi, eng muhim omillardan biri. 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing