21 apr 17:48
Yangiliklar
Rasman! UFC Nursulton Ro'ziboev ishtirokidagi turnirni elon qildi (POSTER)
Tashkilot 27 iyun kuni Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida turnir tashkil etadi.
Bu Ozarbayjondagi ketma-ket ikkinchi yil o'tkazilayotgan musobaqa bo'ladi. Malum bo'lishicha, UFC Baku bilan yana uch yillik shartnomaga kelishgan. Liga 2027 va 2028 yillarda ham ushbu shaharda turnir tashkil etadi.
Biz uchun ahamiyatlisi, UFC Baku turniri doirasida hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboev rossiyalik Andrey Pulyaev bilan jang qiladi. Musobaqa markaziy jangi hozircha nomalum.
UFC Baku turniri uchun hozirga qadar elon qilingan janglar:
O'ta engil vaznda: Asu Almabaev (23-3, Qozog'iston) vs CHarlz Jonson (14-8, AQSH)
Eng engil vaznda: Bekzat Almaxan (12-3, Qozog'iston) vs Jan Macumoto (17-2, Braziliya)
Yarim og'ir vaznda: Abdul-Rahman Yahyaev (9-0, Turkiya) vs Julius Uolker (7-2, AQSH)
O'rta vaznda: Abusupyan Magomedov (28-7, Germaniya) vs Mixal Olekseychuk (22-9, Polsha)
O'rta vaznda: Marvin Vettori (19-9-1, Italiya) vs Ismail Naurdiev (25-8, Marokash)
O'rta vaznda: SHara Bullet (16-1, Rossiya) vs Mishel Pereyra (32-14, Braziliya)
O'rta vaznda: Nursulton Ro'ziboev (36-9-2, O'zbekiston) vs Andrey Pulyaev (10-4, Rossiya)
O'rta vaznda: Ikram Aliskerov (17-2, Rossiya) vs Bruno Ferreyra (15-3, Braziliya).



Fikrlar