21 apr 16:23
Yangiliklar
Boks/MMA
Jahongir Zokirov Jahon kubogidagi yurishini boshlaydi
Fos-du-Iguasu shahrida (Braziliya) boks bo'yicha World Boxing tashkilotining Jahon kubogi bahslari o'tkazilmoqda.
Musobaqaning ikkinchi kunida O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirokini boshlaydi.
Bugun (Toshkent vaqti bilan ertaga tongda) saralash janglari doirasida Jahongir Zokirov ringga ko'tariladi. Bokschimizga +90 kg vaznda ruminiyalik Florin Ionita raqiblik qiladi. Ushbu bahs kechki dasturdan o'rin olgan bo'lib, 03:30 da o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, bahslar Toshkent vaqti bilan 19:00 va tungi 01:00 da boshlanadi.

Havola :
Manba : boxinguzbekistan
Fikrlar