So’nggi yangiliklar

19:12Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди 0 18:51Азамат Нуфтиллаевнинг жанги чемпионлик камари учун бўлади 0 18:30"UzChessCup" ғолиб ва совриндорлари мусобақа орқали қанча пулга эга чиқишди? 0 18:07Ишониш қийин: Жейк Пол бугун рақибига нисбатан камроқ пул ишлаб олди 0 17:46Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас" 0 17:25Царукян: "Оливейра титул учун жанг қилишга нолойиқ эди" 0 17:03Илк бор академик эшкак эшувчимиз Жаҳон кубогида шоҳсупага кўтарилди 0 16:42Қозоғистон ўз уйида ўтадиган Жаҳон кубоги учун таркибларини эълон қилди 0 16:21Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин 0 15:59Арман Царукян UFC раҳбарияти қароридан норози 0 15:38Уайт Махачев - Маддалена жанги қаерда ўтказилишини айтди 0 15:16Пантожа: "P4P рейтингида юқорироқ ўринга муносибман" 0 14:52Царукян: "Мен Топурияни финиш қила оламан" 0 14:28МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди 0 14:06Царукян енгил вазнда навбатдаги даъвогар бўладими? Дана Уайт жавоб берди 0

16 okt 17:28
Yangiliklar

Tokio-2020

Tokio-2020ga tayyorgarlik masalalariga bag'ishlangan onlayn yig'ilish bo'lib o'tdi

Teglar :  Tokio-2020MOQ
Xalqaro Olimpiya qo'mitasi Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari tashkiliy qo'mitasi vakillari bilan bo'lajak musobaqaga tayyorgarlik masalalariga bag'ishlangan onlayn yig'ilish o'tkazdi.

Unda barcha Milliy olimpiya qo'mitalar vakillari, jumladan, O'zbekiston MOQ nomidan Bosh kotib Oybek Kasimov hamda Xalqaro aloqalar departamenti mutasaddilari qatnashdi. Tadbir davomida XOQ rahbari Tomas Bax, Tokio-2020 tashkiliy qo'mitasi bosh direktori Toshiro Muto kabi rasmiylar o'z yo'nalishlarida olib borilayotgan ishlar yuzasidan malumot berib, barcha ishtirokchilarga murojaat yo'llashdi.

“Olimpiadaga tayyorgarlik reja asosida olib borilmoqda. O'yinlar Tashkiliy qo'mitasi startlarni iloji boricha xavfsizroq qilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi. Yaponiya tomoni delegaciyalar, mansabdor shaxslarini qabul qilish, shuningdek, sport inshootlarini tejamkor elektr yoritish orqali xarajatlarni kamaytirishni taklif qilmoqda. Tokio "koronavirusdan keyingi davrda" sport tadbirlarini tashkil qilishda namuna bo'ladi", – deydi Toshirou Muto.

Tashkiliy qo'mita beysbolni barchaga namuna qilib ko'rsatmoqda. Yaponiyada ushbu sport turida muxlislarning stadionga kirishi 2020 yil 10 iyulda qayd etilgan va 5000 nafar tomoshabinning o'yinga kirishiga ruxsat berilgan. 2020 yil 19 sentyabrdan sport inshootining umumiy sig'imidan tomoshabinlarning 50 foiziga kirish mumkin qilib belgilandi.


Tadbirda XOQ va Tashkiliy qo'mita barcha MOQlar etiboriga o'yinlar davomida koronavirusga qarshi kurash yo'lida amalga oshiriladigan quyidagi choralarini malum qildi:

– Yaponiyaga ko'pgina mamlakatlardan kirish uchun 14 kunlik karantin talab qilinadi (Hozirda ushbu sharoitda mashg'ulotlar o'tkazish, iqlimga moslashish borasida rejalar o'rganilmoqda);

– COVID-19 testining salbiy natijasini tasdiqlovchi hujjat (jo'nab ketishdan oldin 72 soat ichida olingan) va Yaponiyaga kelgandan keyin yana bir sinov talab qilinadi.

– Ijtimoiy masofani saqlash:

– Kontaktni kamaytirish orqali sportchilarni himoya qilish bo'yicha bir qator chora-tadbirlarni ko'rib chiqish;

– Sportchilarning xatti-harakatlariga bazi cheklovlar talab qilinishi mumkin, masalan, Olimpiya shaharchasidan tashqarida odamlar bilan uchrashishni cheklash;

– Himoya vositalarida harakatlanish va gigienaga qattiq rioya qilish.

Rasmiylar, JSST bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishi, shuningdek, mamlakatlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan vakcinalarning effektini kuzatib borishini malum qilishdi.

Tomas Bax tadbir davomida barcha ishtirokchilarining sog'lig'ini muhofaza qilish bo'yicha muhim choralar ko'rilayotganini va Tokio o'yinlari keyingi global startlarga namuna bo'lishini takidladi. Eslatib o'tamiz, Tokio-2020 yozgi Olimpiya o'yinlari 2021 yilning 23 iyul – 8 avgust kunlari bo'lib o'tadi va unda 33 sport turida 339 ta medallar jamlanmasi o'ynaladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing