So’nggi yangiliklar

09:57“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор 0 09:36Асламжон Ортиқовнинг мезбонга қарши жангида нокаут қайд этилди + ФОТО 0 09:15Деонтей Уайлдер бир йиллик танаффусдан сўнг рингга қайтди 0 08:54Халқаро стол тенниси федерацияси билан ҳамкорликни янада кучайтириш масалалари муҳокама қилинди 0 08:33Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди 0 08:12UFC 317 турнирининг расмий тарози маросими ўтказилди, битта жанг бекор қилинди 0 19:02"Мен қилган хатони сен такрорлама". Сен-Пьер Махачевга маслаҳат берди 0 18:39Исраэль Адесанья кейинги жангини қачон ва кимга қарши ўтказмоқчи эканини айтди 0 18:17"Барселона" Ямалга 10-рақамни беришга қарор қилди 0 17:52"Жонсни қочди деб ўйламайман, у шунчаки ММАдан кетмоқчи эди" - Илия Топурия 0 17:25Андижонда Ўзбекистон кубоги якунланди, сўнгги кун оғир вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТО 0 17:01Махачев ўзи ҳақиқатдан ҳам ҳурмат қиладиган икки рақибни айтди — у Царукян ва Оливейра эмас 0 16:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади 0 16:16"У албатта қайтади". Собиқ чемпион Жон Жонснинг кетганига ишонмайди 0 15:52Илия Топурия қайси рақибни ўзига муносиб деб ҳисоблашини айтди 0

25 fev 23:13
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Toshkent-2025. Osiyo o'yinlari uchun Olimpiya shaharchasi qaerda qurilishi malum qilindi

Bu haqida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident SHavkat Mirziyoev 25 fevral kuni Toshkent viloyatida amalga oshiriladigan bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

Ulardan biri – Toshkent viloyatining Qibray tumanida,  “Toshkent-SHarqiy” aerodromi yaqinida 155 gektarlik bog' barpo etish loyihasi. Uni ishlab chiqishda dunyo megapolislaridagi mashhur parklarning landshafti, qulayliklari o'rganilgan. Bu bog' faqat daraxtzor, buta va gullardan iborat o'ziga xos dendropark bo'lishi ko'zda tutilgan. Bu poytaxtimiz ekologiyasiga katta tasir ko'rsatadigan, aholi va mehmonlar sayr qiladigan “yashil hudud” bo'ladi.

Mazkur bog'ning yonida Olimpiya shaharchasi qurilishi rejalashtirilmoqda. Malumki, Osiyo Olimpiya kengashining qaroriga ko'ra, 2025 yilda Yoshlar o'rtasidagi Osiyo o'yinlari Toshkentda o'tkaziladi. Unda qitamizdagi 45 ta mamlakat yoshlari 20 ga yaqin sport turi bo'yicha bellashadi.

Aytish joizki, bunday nufuzli xalqaro musobaqa O'zbekiston tarixida birinchi marotaba o'tkaziladi. Davlatimiz rahbari bu mamlakatimizga ko'rsatilgan katta ishonch ekanini, ushbu musobaqaga hozirdan boshlab puxta tayyorgarlik ko'rish kerakligini takidlagan edi.

SHu maqsadda 160 gektar maydonda Olimpiya shaharchasi qurish bo'yicha loyiha ishlab chiqilgan. CHirchiq daryosining 5 kilometrdan ziyod qismida qirg'oqlarni tartibga keltirib, eshkak eshish bo'yicha musobaqalar uchun zarur sharoit yaratish mo'ljallangan. Uning bo'ylarida esa 270 gektarlik park etilishi rejalashtirilgan.

SHuningdek, Qibray tumanining ushbu hududida 2 ta universitet, shifoxona, ekspo, savdo va ko'ngilochar markaz binolari joylashtirilishi nazarda tutilmoqda.

Prezident loyihalarni sifat va qulaylik jihatidan takomillashtirish, inshootlarni qurishda jahondagi eng ilg'or tajribalarni qo'llash bo'yicha ko'rsatmalar berdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing