So’nggi yangiliklar

18:23Жон Жонс қайтишига ишора қилди 0 18:02Жота ва гуллар 0 17:41Яхши янгилик: "Tashkent Select" жамоаси янги мавсумда ҳам Қозоғистон чемпионатида иштирок этади 0 17:20Бенавидес ва Ярд WBC камари учун жанг қилади 0 16:59Топурия Хамзат Чимаев ҳақида: "У одам — ёввойи!" 0 16:38Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди 0 16:17Арман Царукян: "Пимблетт Топ-5 даражасидаги жангчи эмас. У фақат қарияларни юта олади" 0 15:56Илия Топурия: "Ҳаммаси менга боғлиқ бўлганида, 13 июль куниёқ Махачев билан жанг қилардим" 0 15:35Ўзбек боксчилари океан ортида машғулотларни давом эттиришяпти (ФОТО) 0 15:14Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди 0 14:53Холмурод Нурматов кейинги жангини ACA Лигасида ўтказади 0 14:32UFC кузда Бразилияда турнир ўтказиши мумкин 0 14:11Ёш дзюдочиларимиз Туркиядаги нуфузли мусобақадаги иштирокларини бошлашди 0 13:50"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради 0 13:29Жаҳон кубоги. Бугун тўрт боксчимиз финал чиптаси учун рингга кўтарилади 0

15 iyu 17:59
Yangiliklar

Velosport

Toshkent Osiyoda “Bike city”, yani “velosiped shahri” maqomini olish sari muhim qadam tashladi

Teglar :  Velosport
Kecha Osiyo velosport konfederaciyasi (ASS) prezidenti, janob Osama Ahmad Al-SHafar rasmiy tashrif bilan O'zbekistonga keldi.

Yuqori martabali mehmonga Osiyo velosport konfederaciyasi prezidenti yordamchisi Mariam Mazin Yoqub Al-Sabboh, ASS xodimlari Abduraxmon Davidov hamda Damiko Fabriciolar hamrohlik qilishmoqda.

Bugun erta tongdan mehmonlar O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov hamrohligida Toshkent shahrining markaziy ko'chalari bo'ylab “Tashkent – bike city” velosaylida ishtirok etishdi.

“Bugungi kunda sog'lom turmush tarziga rioya qilish juda muhim, ayniqsa pandemiya davrida. Prezidentimiz tomonidan sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishga doir ko'plab qarorlar qabul qilinmoqda. SHaharlar ichida veloyo'laklar tashkil etilmoqda. Biz shu kabi infratuzilmalarni yaratish bilan birga aholimiz o'rtasida turli sport turlarini targ'ib qilishimiz lozim. Bu borada velosport eng ommaviy sport turi sifatida ayni muddaodir, zero bu ham salomatlik, ham ekologiya uchun foyda bo'ladi. Bugungi velosayrimizda ham Osiyo velosport konfederaciyasi prezidenti qatnashmoqda, keyinchalik bu kabi tadbirlarimizda taniqli davlat arboblari, sportchilar va sanat namoyondalari ham qatnashib, muxlislar orasida velosportni targ'ib qilsa, velosipeddan foydalanuvchilar soni ortib, shaharlarimiz yanada ko'rkam ko'rinish oladi. Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni bu kabi tadbirlarda qatnashishga chorlab qolaman”, - dedi Aziz Abduhakimov.

Poytaxtimizdagi “Humo Arena” sport majmuasidan start olgan velosaylda Xalq talimi vaziri SHerzod SHermatov, Vazirlar Mahkamasi, shuningdek turli vazirlik va idoralarning masul xodimlari, yosh va faxriy velosportchilar, sanatkorlardan iborat jami 100 nafarga yaqin yurtdoshlarimiz faol qatnashdi.

O'z navbatida, bunday tadbirlar hamda shahar hududida professionallar va havaskorlar ishtirokida turli poygalarning o'tkazilishi Toshkentning “Bike city” xalqaro maqomini olish imkoniyatini oshiradi. Qolaversa, yuqori davlat boshqaruvi organlari xodimlari ishtirokida tashkil etilayotgan bunday tadbirlar sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish yo'lidagi eng yaxshi vositadir.

Bundan avval Aziz Abduhakimov boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent va Samarqand shaharlaridagi veloyo'laklarni ko'zdan kechirganiga oid xabar berilgan edi. 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing