So’nggi yangiliklar

12:53"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади 0 12:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Жаҳон кубогида қатнашиш учун Астанага етиб борди, таркибимиз маълум 0 12:09Мураббий нима учун Ислам ва Топурия ўртасида жанг бўлмаганини айтди 0 11:4546 ёшли Мэнни Пакьяо боксдаги мақсадини айтди 0 11:21Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор 0 11:00МОҚ раҳбарияти Турин политехника университетида IT ва инновацион стартаплар билан танишди 0 10:3918 та эйс Тэйлор Фрицни фаолиятидаги 18-финалга олиб чиқди 0 10:18Жек Пол, Хулио Сезар Чавес, Рамирес, Дортикос тарозига чиқди 0 09:57“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор 0 09:36Асламжон Ортиқовнинг мезбонга қарши жангида нокаут қайд этилди + ФОТО 0 09:15Деонтей Уайлдер бир йиллик танаффусдан сўнг рингга қайтди 0 08:54Халқаро стол тенниси федерацияси билан ҳамкорликни янада кучайтириш масалалари муҳокама қилинди 0 08:33Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди 0 08:12UFC 317 турнирининг расмий тарози маросими ўтказилди, битта жанг бекор қилинди 0 19:02"Мен қилган хатони сен такрорлама". Сен-Пьер Махачевга маслаҳат берди 0

03 noy 17:36
Yangiliklar

Boks/MMA, Tadbirlar

Toshkentda Xaver Mendes ishtirokida yana bir tadbir o'tkazildi, u bu safar ham Xabib mavzusiga to'xtaldi FOTOREPORTAJ

Teglar :  UFCMendes
Xabar berganimizdek, shu kunlarda afsonaviy MMA murabbiyi Xaver Mendes poytaxtimizda mehmon bo'lib turibdi.

Mendes besh nafar UFC chempionini tayyorlagan dunyodagi yagona murabbiy hisoblanadi. SHogirdlari orasida faoliyatini mag'lubiyat nimaligini bilmay yakunlagan Xabab Nurmagomedovni alohida takidlash joiz. Dog'istonlik chempionning olamshumul natijalarida Mendesning mehnati beqiyos. 

Bugun ism-sharifi katta xarflar bilan yoziladigan murabbiy O'zbekiston dzyudo federaciyasida mehmon bo'ldi. Mehmonni O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi vice-prezidenti, dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov, terma jamoa bosh murabbiyi Ilias Iliadis kutib oldi. Mendes Iliasni yaqindan tanishini, uning boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Tokio Olimpiadasida munosib ishtirok etishiga ishonishini urg'uladi.    

"Natijaga erishish oson emas. Ayniqsa, to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi hisoblangan Olimpiadada. Bu tog'ning eng yuqori cho'qqisiga chiqish bilan barobar. Sizlar hozir shu mashaqqatli yo'lning yarmidan ko'pini bosib o'tdinglar. Hammasi o'zingizga bog'liq. Ishtiyoq bilan harakat qilsangiz, ko'zlangan marraga etib borasiz. Aks holda shuncha harakat besamar ketadi. Sizlarga Xabibning oxirgi jangini misol qilib keltiraman. U Jastin Getjiga qarshi jangga uch hafta qolganida oyog'ini sindirib olgandi. Biz unga jangni qoldirish taklifini berdik. Xabib esa buni keskin rad etdi. Faoliyatidagi eng muhim jangga tayyorgarlik jarayonida oyog'i singani bilan ruhi sinib qolmaganini aytdi. Ruhiy tayyorgarlik g'alabaning asosiy omili bo'lib, uni har bir sportchi o'zida shakllantirishi kerak. Xabibdan nima kam joyinglar bor? SHu savolni har biringiz o'zingizga albatta bering. Siz o'zgarishingiz kerak. SHunda natija ham bo'ladi. Fursatdan foydalanib, sizlarga oldinda turgan muhim musobaqalarda g'alaba va omad yor bo'lishini tilayman", - dedi Mendes. 

SHundan so'ng Xaver Mendes o'zi uchun sovg'a qilingan kimanoda mahorat saboqlarini namoyish etdi. Dzyudochilar mashg'ulot so'nggida taniqli murabbiy bilan suratga tushishdi. Federaciya tomonidan mehmonga esdalik covg'alari topshirildi.    

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing