So’nggi yangiliklar

15:00"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" ҳужумчиси бўйича келишувга эришди 0 14:38Махачевнинг мураббийи қандай ҳолатда Топурия билан жанг бўлиши мумкинлигини айтди 0 14:14Усик жамоаси Уайлдерга қарши жанг эҳтимоли ҳақида гапирди 0 13:52Пётр Ян UFCдаги яқин режалари ҳақида гапирди 0 13:30Рахим Стерлинг фаолиятини Лондоннинг бошқа бир клубида давом эттириши мумкин 0 13:06"Жон Жонс Аспиналлдан қўрқиб ММАдан кетгани йўқ" - мураббий 0 12:40Артур Бетербиевнинг навбатдаги рақиби ва жанг санаси аниқ бўлди. Бу Бивол эмас 0 12:07"Махачев Топурия билан партерда қийналади" - UFC собиқ жангчиси 0 11:26Зидан келаси йил мураббийликка қайтади 0 11:05Камончиларимиз Кореяда бир ойлик халқаро ўқув-машғулот йиғинига киришишди 0 10:44ИНТЕРВЬЮ. Жигарлар кушандаси, Жейрон Эннис, Жервонта Дэвиснинг ошнаси — Жамшид "Жаллод" Нажмиддинов 0 10:23Ричард Торрес кейинги рақиб сифатида кимни кўришни исташини айтди 0 10:02Сон Хён Мин МЛС тарихидаги энг қиммат трансферга айланади 0 09:41Бугун Осиё чемпионатида финалчилар аниқланади, унда 18 боксчимизга мухлислик қиламиз 0 09:20Осиё чемпионати: Қозоғистон томони ҳамюртимиз билан жангдаги натижа бўйича норозилик шикояти билдиргани айтилмоқда 0

20 mar 16:49
Yangiliklar

Kurash

Toyloqda belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston chempionati o'tkazildi

Teglar :  Belbog'li kurash
17 -19 mart kunlari Toyloq olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejida belbog'li kurash bo'yicha 2004-2005 yilda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi  Sportni rivojlantirish vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik – taqvim rejasidagi joriy yilning ilk mamlakat chempionati bahslarida  Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 300 nafarga yaqin  yosh polvonlar g'oliblik uchun kurash tushishdi. 

Yuqori saviyada tashkil etilgan  musobaqada o'g'il bolalar belbog'li kurashning erkin va klassik  yo'nalishida 11 ta vazn toifasida, qizlar erkin yo'nalishida 7 ta vazn toifasida kuch sinashishdi. Mazkur chempionat bahslarida quydagi sportchilar faxrli birinchi o'rinni egallab, chempion degan nomga sazovor bo'lishdi.

O'g'il bolalar (belbog'li kurash yo'nalish)

42 kg. Qosimjon Xudoyberdiev (Sirdaryo)

46 kg. Akmaljon Sobirjonov (Andijon)

50 kg. Tohirjon Habibullaev (Namangan)

55 kg. Muslimbek O'ktamjonov (Toshkent)

60 kg. Muhammadrasul Muhammadjonov (Toshkent)

65 kg. Jahongir Eshqo'ziev (Sirdaryo)

71 kg. Ilyosbek Sotiboldiev (Farg'ona)

77 kg. Samandar Anvarov (Farg'ona)

83 kg. Husan Umarboev (Toshkent v.)

90 kg. Javohir Keldiyorov (Samarqand)

+90 kg. Muhammadayubxon Qo'ziev (Andijon)


Qizlar (erkin yo'nalish)

44 kg. Rayhona Ortiqboeva (Namangan)

48 kg. Feruza Sobirova (Namangan)

52 kg. Azizabegim Najimova (Samarqand)

57 kg. Muslima  Ahmedova (Toshkent v.)

63 kg. Nilufar Abinova (Qoraqalpog'iston)

70 kg. Madinabonu Qaxramonova (Andijon)

+70 kg. Lazzat Tolipbergenova (Qoraqalpog'iston)


O'g'il bolalar (erkin yo'nalish)

42 kg. Samandar Burxonov (Jizzax)

46 kg. Izatilla Jumanov (Farg'ona)

50 kg. Behruz Abdurahmonov (Navoiy)

55 kg. Asadbek Ergashaliev (Farg'ona)

60 kg. Asomiddin Zokirjonov (Namangan)

65 kg. Diyorbek Polvonboev (Farg'ona)

71 kg. Orzubek Omonov  (Samarqand)

77 kg. Husan Abdullaev (Sirdaryo)

83 kg. Inomjon Yangiboev (Farg'ona)

90 kg. Anvar Xo'jamurodov (Namangan)

+90 kg. Toshpo'lat Asatov (Buxoro)

Bellashuvlar yakuniga etgach, kuchli uchlikdan joy olgan yosh polvonlar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.  

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing