01 avg 08:33
Yangiliklar
Sport kurashlari

Muhayyo Rahimjonova kurashchi qizlarimizning dunyo birinchiligidagi ilk medali egasi
Afina (Greciya) shahrida o'tkazilayotgan sport kurashlari bo'yicha U-17 yosh toifasidagi Jahon chempionati biz uchun omadli kechmoqda.
Musobaqaning uchinchi kuni doirasida qizlar o'rtasidagi bellashuvlar davom ettirildi.
Quvonchlisi, unda O'zbekiston terma jamoasi azosi Muhayyo Rahimjonova (65 kg) delegaciyamiz hisobiga navbatdagi medalni qo'shib qo'ydi. U hal qiluvchi bahsda hindistonlik Ashvini Vishnoiga imkoniyatni boy berib qo'ydi (0:3) va Jahon chempionatining kumush medaliga ega chiqdi.
Avvalroq, o'smir yunon-rum kurashchilarimiz musobaqada 4 ta oltin medal qo'lga kiritgani haqida yozgandik.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar