So’nggi yangiliklar

10:26UzChess Cup. Абдусатторов жаҳон чемпиони билан ўйнади, ўзбек дербисида муроса, 8-турнинг барча натижалари битта хабарда 0 10:05Анкалаев Перейра билан реванш қачон ўтказилишига ишора берди 0 09:44Суперлига. Қаршида турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади 0 09:23PFL World Tournament 7 иштирокчилари тарозига чиқишди, иккита жанг бекор қилинди 0 09:02Қайсери турниридаги теннисчиларимиз рақибларига йўлни курашсиз бўшатиб беришди 0 08:41Топурия ва Оливейранинг илк face to face маросими дўстона руҳда ўтди + ФОТО 0 08:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" ва "Ал Ҳилол" кейинги босқичга йўл олди 0 07:59Гэтжи барибир камар учун жанг олишини кутмоқда 0 07:38Бокс афсоналаридан бири Шоҳжаҳон Эргашевнинг жангига келади (ФОТО) 0 07:17Тошкентда стол тенниси бўйича Осиё чемпионатининг тантанали очилиш маросими бўлиб ўтди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:15Махачев Камару Усманга қарши эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 18:52"Октагоннинг полини сенинг юзинг билан артаман" - Царукян Топурияга мурожаат қилди 0 18:30Ислам Махачев Топурия - Оливейра жангига тахмин берди 0 18:08"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми? 0

17 noy 13:39
Yangiliklar

Sport kurashlari

To'ymurod Adizov: "Navoiy O'zbekiston chempionatini yuqori saviyada o'tkazishga tayyor"

17-19 noyabr kunlari Navoiy shahridagi Yakkakurash turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktabida sport kurashlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati bo'lib o'tadi.

Yilning eng asosiy musobaqasini odatdagidek yunon-rum kurashchilar boshlab berishadi. Ikkinchi kuni erkin kurash, so'nggi kuni esa ayollar kurashi bo'yicha O'zbekiston chempionatining g'olib va sovrindorlari aniqlanadi. Biz Navoiy olimpiya zaxiralari kollejining erkin kurash bo'yicha murabbiyi To'ymurod Adizovdan musobaqaga ko'rilgan tayyorgarlik mavzusida intervyu oldik. 

- To'ymurod Amrulloevich, Navoiy shahri qatorasiga ikkinchi yil ham kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatiga mezbonlik qiladi. Tayyorgarliklar qanday ketyapti?

- Tayyorgarliklarni deyarli yakuniga etkazdik. Bugun musobaqa o'tkaziluvchi yakkakurash zalimizda bezash ishlari yakunlanib, kurashchilar uchun shay holatga keltirib qo'yildi. O'tgan yili ham Navoiy shahri kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatini yuqori saviyada tashkil etib bergan edi. Bu safar ham o'tgan yilgidan kam bo'lmaydi deb niyat qilib turibmiz. Bu yilning eng muhim musobaqasi. Unda O'zbekiston terma jamoasi tarkibi aniqlanadi. 

- Umumiy uchta yo'nalishda necha nafar kurashchining Navoiyga kelishi kutilmoqda?

- Jami 450 nafar kurashchilar O'zbekiston chempionatida ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tgan. 

- Musobaqa mezboni sifatida navoiylik kurashchilarning tayyorgarligi yaxshi bo'ldimi?

- Albatta. Mashg'ulotlar Yakkakurash turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktabida kuniga ikki mahaldan kuchaytirilgan tartibda o'tkazildi. Mamlakat chempionatiga kuchlilar keladi. Endi tayyorgarligmiz qanday bo'lganini oldidagi bellashuvlar aniqlab beradi.

   

- Avvalo bu gilam, oldindan bir narsa deyish qiyin. SHunday bo'lsa-da, nechta medalga umid qilayapsizlar?

- Bor imkoniyatimizni ishga solamiz. Kattalar o'rtasidagi bellashuvlarda uchta yo'nalishdan kamida 10 medalni ko'zlab turibmiz.  

- O'zbekiston chempionatida sport kurashlari yulduzlaridan kimlarni ko'rishimiz mumkin bo'ladi?

- Terma jamoaga nomzod hamma kurashchilar shu erda bo'ladi. Rio Olimpiadasining eng yosh kurashchilaridan bo'lgan Abbos Rahmonovdan umidimiz katta. U viloyatimiz sharafini himoya qiladi. Eng katta yangiliklardan biri erkin kurashimiz afsonalaridan biri, ikki karra jahon chempioni, uch marotaba Osiyo o'yinlari g'olibi, Osiyo chempioni Dilshod Mansurovning katta sportga qaytayotgani bo'lib turibdi. Uning O'zbekiston chempionatida kurashishi kutilmoqda. 

- O'zbekiston chempionatida necha nafar hakam ishlaydi? Anchadan beri musobaqa yo'q. Ularga chempionat boshlanishi oldidan seminar o'tkazildimi?

- Jami 30 nafar hakam uch yo'nalish bo'yicha o'tkazilgan mamlakat chempionatida hakamlik qiladi. Musobaqa boshlanishi oldidan xalqaro toifadagi olimpiya hakami, O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi hakamlar qo'mitasi raisi, "Oltin hushtak" sohibi Tohir G'ulomov hakamlar uchun seminar o'tkazdilar. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing