So’nggi yangiliklar

18:23Дана Уайт: "Жонсдан кўра Конорга кўпроқ ишонаман" 0 18:02Коко Гофф Цинциннати турниридаги юришини давом эттирмоқда 0 17:41Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа 0 17:20Дюплантис 13-маротаба жаҳон рекордини янгилади 0 16:59Фундора — Турман жанги санаси ўзгарди 0 16:38Хоккей бўйича ёшлар терма жамоамиз илк хорижий йиғинига жўнаб кетди 0 16:17Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин 0 15:56"Бу менинг энг кучли рақибим эмас". Дю Плесси — Чимаев билан бўладиган жанг ҳақида гапирди 0 15:35Осиё Паралимпия қўмитасининг VIII Бош ассамблеяси ўз ишини якунлади 0 15:14"Биз мақтаниб юрганимизда, ўзбеклар меҳнат қилди". Қозоғистонлик мураббий ўзбек боксининг муваффақияти ҳақида гапирди 0 14:53Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди 0 14:32Дю Плесси: "Мен Хамзатни ушбу комбинация билан нокаутга учратаман" 0 14:11Берреттини US Open`ни ўтказиб юборади 0 13:50Хамзат Чимаев: "Африка энди ҳеч қачон UFC чемпионлик камарини кўрмайди" 0 13:29"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади 0

13 may 11:53
Yangiliklar

Boks/MMA

UFCdagi eng omadsiz "bashoratchi" kim ekanligini bilasizmi? U Getji va Masvidalga ishonib, bitkoin hisobida $1 mln yutqazgan

Teglar :  Reper Dreyk
Reper Dreyk UFCdagi janglarga pul tikib, juda katta mablag'idan ayrilgan.

Reper Dreyk — MMAning ashaddiy muxlisi: u Xabibga qarshi jangda Konorni qo'llab-quvvatlagan (vazn o'lchash marosimida ham bo'lgan), va u muntazam ravishda janglarga pul tikib keladi. UFC 272 turniri doirasidagi Masvidal — Kovington jangida u Xorxega muxlislik qilgan va uning g'alabasi uchun bitkoin hisobida 275 ming dollar tikkan. Masvidal jangda autsayder bo'lganini hisobga olsak, uning g'alaba qozonishi yirik voqelik edi.

Lekin "stavka" o'xshmadi: Kovington, kutilganidek bir urinishdayoq Masvidalni mag'lub etdi. Jangdan so'ng esa Dreykka gap-so'zlar "otildi":

"Keling, Dreyk bugungi oqshomda boy bergan pullar haqida gaplashamiz. Sen sportda pul tikishni bilmaysan, Dreyk. Repga va ahmoqona albomlaringga qayt".

Biroq, Dreykning muvaffaqiyatsizligi to'xtamadi — u NBA va NFLga pul tika boshladi. Unga hech qaerda omad kulib boqmasdi (garchi Superboulda 140 ming dollar yutgan bo'lsada). Ammo, Dreyk UFC 274 turnirida ham tavakkalga qo'l urdi: bu safar u Getjining Oliveyrani mag'lub etishi uchun 550 ming dollar tikadi va yana yutqazadi, agar uning taxmini to'g'ri bo'lganida, 1 mln 375 ming dollar yutib olgan bo'lar edi.



Dreyk yana autsayderni tanladi va yana yutqazdi. Getji Oliveyrani ikki marta nokdaun qilgan bo'lsada, dastlabki raundning o'zida CHarlz uni bira-to'la nokautga uchrata oldi. Dreyk esa birgina jangning o'zida 825 ming dollar yo'qotdi. Albatta, bu reper uchun falokat emas (u 2021 yilda 50 mln dollar ishlab topgan), lekin muvaffaqiyat qozonish har doim yoqimli.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing