So’nggi yangiliklar

17:52Том Аспиналл Алекс Перейра билан жанг учун гонорарини кўтаришларини истайди 0 17:31Мовсар Евлоев Дана Уайтга: "Шунисига ҳам раҳмат!" 0 17:10Пеп Гвардиолада навбатдаги рекорд! 0 16:49Нганну билан жанг учун Верховенга кўпроқ пул таклиф қилишди, аммо... 0 16:28Головкин XXI асрнинг энг яхши ўрта вазнлилар рейтингида "Канело"ни ортда қолдирди 0 16:07Octagon чемпиони Шоҳасан Мирзаматовга кескин "ответ" қилди 0 15:46Нидерландия ЖЧ-2026 учун уй ва сафар либосини тақдим этди 0 15:25Алжамейн Стерлинг Мовсар Евлоев - Лерон Мёрфи жангидаги ҳакамликни танқид қилди 0 15:04Хабиб Нурмагомедов Овечкиннинг 1000-голига муносабат билдирди 0 14:43Усик Украина футболида муҳим лавозимга тайинланди 0 14:22Зидан келишувга эришди 0 14:01Армонга айланган Олимпиада ёхуд ҳамон чемпионликка эришаётган мураббий 0 13:40Фьюри — Маҳмудов билан жанг ҳақида: у оғир аҳволда 0 13:19Волкановски - Евлоев жангини Оқ уйда ўтказиш таклифи берилди 0 12:58Хосеп Гвардиола: "Артета деярли енгилмас жамоани тузган" 0

18 may 16:42
Yangiliklar

Boks/MMA

Reper Dreyk Tayson Fyurining g'alabasiga katta pul tikdi

Bugun tunda Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida uzoq kutilgan professional boks kechasi bo'lib o'tadi.

Oqshomning markaziy jangi superozir vazn toifasida mutlaq jahon chempionligi uchun britaniyalik Tayson Fyuri hamda ukrainalik Aleksandr Usik o'rtasida o'tkaziladi. Katta janglarga pul tikishi bilan tanilgan reper Dreyk bu safar ham o'z odatiga sodiq qoldi. 

Dreyk Tayson Fyurining g'alabasiga 565 000 AQSH dollari miqdorida pul tikdi. Agar taxmini o'xshasa, million dollardan ko'proq pul ishlab oladi. Lekin shu paytgacha Dreykning taxminlari deyarli o'zini oqlamagan va u katta miqdorda pul yutqazgan. 

Masalan, Dreyk aynan Ar-Riyod shahrida o'tgan jangda Frensis Ngannuning g'alaba qozonishi uchun 615 000 dollar "stavka" qilgan va yakunda chuv tushgandi. Joshua sobiq UFC chempionini chuqur nokautga uchratgandi. O'shanda Frensisning g'alabasiga 3.10 koeficent berilgandi.  

O'tgan yilning sentyabr oyida Dreyk Israel Adesanyaga raqibi SHon Striklendni nokaut qilishi uchun 500 000 dollar, dekabr oyida esa Leon Edvardsning Kolbi Kovingtonni muddatidan avval mag'lub etishiga 250 000 dollar tikkan edi. SHu yilning yanvarida u yana 700 000 dollar yutqazdi. Reper Striklendning Drikus Dyu Plessini mag'lub etishiga pul "stavka" qilgandi.

Bu hammasi emas, Dreyk Konor Makgregor, Joze Aldo, Kamaru Usman, Jastin Getji, Xorxe Masvidal, Entoni Joshua ishtirokidagi janglarga ham pul tikib, katta miqdorda yutqazib qo'ygan edi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing