So’nggi yangiliklar

18:23Жон Жонс қайтишига ишора қилди 0 18:02Жота ва гуллар 0 17:41Яхши янгилик: "Tashkent Select" жамоаси янги мавсумда ҳам Қозоғистон чемпионатида иштирок этади 0 17:20Бенавидес ва Ярд WBC камари учун жанг қилади 0 16:59Топурия Хамзат Чимаев ҳақида: "У одам — ёввойи!" 0 16:38Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди 0 16:17Арман Царукян: "Пимблетт Топ-5 даражасидаги жангчи эмас. У фақат қарияларни юта олади" 0 15:56Илия Топурия: "Ҳаммаси менга боғлиқ бўлганида, 13 июль куниёқ Махачев билан жанг қилардим" 0 15:35Ўзбек боксчилари океан ортида машғулотларни давом эттиришяпти (ФОТО) 0 15:14Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди 0 14:53Холмурод Нурматов кейинги жангини ACA Лигасида ўтказади 0 14:32UFC кузда Бразилияда турнир ўтказиши мумкин 0 14:11Ёш дзюдочиларимиз Туркиядаги нуфузли мусобақадаги иштирокларини бошлашди 0 13:50"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради 0 13:29Жаҳон кубоги. Бугун тўрт боксчимиз финал чиптаси учун рингга кўтарилади 0

16 iyu 09:20
Yangiliklar

Gimnastika

Ular Tokioga borishadi: Badiiy gimnastikachimiz Sabina Tashkenbaeva

Teglar :  Sabina Tashkenbaeva
Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga yo'llanma qo'lga kiritgan qahramonlarimizni tanishtirishda davom etamiz.

Ular orasida badiiy gimnastika bo'yicha yakkalik yo'nalishida ishtirok etadigan hamyurtimiz Sabina Tashkenbaeva bugun etiborimiz markazida bo'ladi.

Sabina Talat qizi Tashkenbaeva 2000 yil 27 noyabr kuni Toshkentda tug'ilgan. 6 yoshidan beri ushbu sport turi bilan shug'ullanadi. Birinchi murabbiyi Irina Jumaeva. 2013 yildan terma jamoa tarkibiga jalb qilingan.

Undagi iqtidorni ko'ra olgan mutaxassislar yosh bo'lishiga qaramay 13 yoshidan terma jamoaga taklif qilishadi. O'z navbatida, sportchimiz bir qator nufuzli xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyatli ishtirok bilan ushbu ishonchni oqlaydi.

2017, 2018 va 2019 yillar qatorasiga qitamizning eng kuchli badiiy gimnastikachisi ekanini isbotlaydi. 2017 yil Islom birdamligi, 2018 yil Osiyo o'yinlarida sovrindor bo'lgan.

2018 yil poytaxtimiz mezbonlik qilgan Jahon kubogida bulavadagi mashqda kumush medalni qo'lga kiritgan. Hozirda O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tahsil olmoqda.

2021 yil Jahon kubogi bosqichlarida to'plangan ballar yakuni bo'yicha Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga yo'llanma oldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing