04 iyu 10:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Jahon kubogi. Bugun uch nafar charm qo'lqop ustalarimiz ringga chiqadi, Oltinoy Sotimboeva final chiptasi uchun jang qiladi
Qozog'istonning Astana shahrida boks bo'yicha World Boxing Jahon kubogi davom ettiriladi.
Musobaqaning bugungi dasturiga ko'ra, uch nafar bokschimiz janglarda ishtirok etadi. Sabina va Navbahor chorak finalda ringga ko'tarilsa, Oltinoy Sotimboeva final uchun qozog'istonlik bokschi bilan bahsga kirishadi.
Juftliklar bilan tanishing:
-51 kg: Sabina Boboqulova - Pila Kaivo-Oja (Finlandiya) 19:00
-65 kg: Navbahor Hamidova - Beatriz Oliveira (Braziliya) 19:30
+80 kg: Oltinoy Sotimboeva - Eldana Talipova (Qozog'iston) 20:00.
Bahslar 19:00 dan boshlab start oladi.
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar