So’nggi yangiliklar

19:06Алонсо “Реал“нинг етакчиларидан бирини АПЛ жамоасига сотишга розилик берди 0 18:45Александр Усик ўзининг заиф томонини айтди 0 18:24Рафаэль Надаль: "Жотанинг оиласига ҳамдардман" 0 18:01Жасур Мирзамуҳаммедов жангларга қайтмоқда 0 17:39Расман: Жасур Жалолиддинов — "Сўғдиёна" футболчиси! 0 17:17Боксчи йигитларимиз нима учун Қозоғистондаги Жаҳон кубогига боришмади? Бокс федерацияси бунга муносабат билдирди 0 16:54Темиров: "Пантожанинг кейинги рақиби мен бўламан" 0 16:30Макгрегор 10 йиллик қамоқ ҳақидаги хабарларга жавоб қайтарди 0 16:07Озарбайжон президенти: "Ўзбекистон термасининг ЖЧга чиққани тасодиф эмас" 0 15:45Дастин Порье: "Бу охирги имконият. Чиройли тарзда кетмоқчиман" 0 15:23Конор Макгрегорга 10 йиллик қамоқ жазоси таҳдид солмоқда 0 15:02Усикнинг жамоасида Фьюрининг учинчи жанг ҳақидаги сўзларига муносабат билдиришди 0 14:41Бугун Мираброр Усмонов ҳаёт бўлганида 78 ёшини қарши олар эди 0 14:20Умар Кремлёв бокс бўйича жаҳон чемпиони 1 миллион долларга эга бўлишини айтди 0 13:59IBF Бивол учун мажбурий даъвогарни эълон қилди 0

01 iyu 08:05
Yangiliklar

Sport kurashlari

Ular Tokioga borishadi: Uchinchi Olimpiadasiga tayyorlanayotgan Mo'minjon Abdullaev

“Ular Tokioga borishadi” loyihamiz davom etadi.

Bugun Sizlar bilan yunon-rum kurashi bo'yicha terma jamoamiz vakili Mo'minjon Abdullaev haqida gaplashamiz.

Mo'minjon Rustamovich Abdullaev 1989 yil 24 dekabr kuni Samarqand viloyatida tug'ilgan. Birinchi murabbiyi SHarof Mamatqulov.

Polvonimiz yunon-rum kurashida -130 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qiladi. Terma jamoamiz tarkibidagi dastlabki yirik yutug'i 2010 yilga to'g'ri keladi. Hindistonda o'tgan Osiyo chempionatida Abdullaev 96 kg vazn toifasida bronza medaliga sazovor bo'lgan edi. SHundan so'ng bir pog'ona yuqori vaznga o'tdi va kichik moslashish davridan so'ng yana katta muvaffaqiyatlarga erisha boshladi. Ular orasida London-2012 Olimpiya o'yinlariga yo'llanma qo'lga kiritilganini alohida aytib o'tish mumkin.

Hamyurtimiz faoliyati davomida 2017 yil Jang sanati va yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlari, Islom birdamligi o'yinlarida kumush, Nyu-Dehlida o'tgan Osiyo chempionatida bronza medaliga sazovor bo'ldi. 2018 yilgi qita birinchiligida ham kumush medal bilan yurtimizga qaytdi. Biroq o'sha yili Indoneziyada o'tgan Osiyo o'yinlarida barcha raqiblarini mag'lub etib, delegaciyamiz hisobiga oltin medalni taqdim qilgan.

Kurashchimiz 2016 yil Rio Olimpiadasida ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan. Joriy yil Olma-otada o'tgan licenzion musobaqa orqali Tokio-2020 yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing