So’nggi yangiliklar

18:30"UzChessCup" ғолиб ва совриндорлари мусобақа орқали қанча пулга эга чиқишди? 0 18:07Ишониш қийин: Жейк Пол бугун рақибига нисбатан камроқ пул ишлаб олди 0 17:46Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас" 0 17:25Царукян: "Оливейра титул учун жанг қилишга нолойиқ эди" 0 17:03Илк бор академик эшкак эшувчимиз Жаҳон кубогида шоҳсупага кўтарилди 0 16:42Қозоғистон ўз уйида ўтадиган Жаҳон кубоги учун таркибларини эълон қилди 0 16:21Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин 0 15:59Арман Царукян UFC раҳбарияти қароридан норози 0 15:38Уайт Махачев - Маддалена жанги қаерда ўтказилишини айтди 0 15:16Пантожа: "P4P рейтингида юқорироқ ўринга муносибман" 0 14:52Царукян: "Мен Топурияни финиш қила оламан" 0 14:28МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди 0 14:06Царукян енгил вазнда навбатдаги даъвогар бўладими? Дана Уайт жавоб берди 0 13:45Истборн турнири бош соврини океан ортига кетадиган бўлди 0 13:24Илия Топурия кетма-кет 17-жангда ғалаба қозонди 0

25 mar 20:22
Yangiliklar

Tadbirlar

"Universiada-2020" g'olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimidan FOTOREPORTAJ

Teglar :  UniversiadaToshkent
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Universiada-2020” sport musobaqalari g'olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yosh avlodni jismonan sog'lom, manan barkamol etib tarbiyalashga alohida etibor qaratilgan.

SHu maqsadda, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan uch bosqichli – “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” musobaqalari minglab iqtidorli yoshlarni kashf etish bilan birga, yosh avlodni ommaviy sportga jalb qilishda ham muhim o'rin tutmoqda.

Ilk bor 2000 yilda Namanganda o'tkazilgan “Universiada” sport musobaqalari ko'plab sportchilarning shakllanishida, yutuqlarga erishishiga yordam berdi.

“Universiada-2020” sport musobaqalari Prezidentimiz tashabbusi bilan 21 yil davomida to'plangan tajriba amaldagi tizimni keng sport jamoatchiligi fikrini etiborga olgan holda yanada takomillashtirilib, sport musobaqalarining Respublika final bosqichi har yili navbatma-navbat sport turlari bo'yicha mamlakatimizning barcha viloyatlarida tashkil etildi va o'tkazildi.

Sport musobaqalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2018 yil “O'quvchi va talaba yoshlar o'rtasida o'tkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida”gi 864-son qaroriga asosan 12 ta sport (badminton, basketbol, voleybol, gandbol, futbol, engil atletika, stol tennisi, shaxmat, shashka, kurash, belbog'li kurash, dzyudo) turi bo'yicha  baxslashdilar.

“Universiada – 2020” sport musobaqalarining O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq 3 bosqichda tashkil etildi.

Mazkur sport musobaqalarining oliy talim muassasasi (birinchi) bosqichida 50 557 nafar (shundan 18 532 nafari ayol), Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy (ikkinchi) bosqichida 6 012 nafar (shundan 2 396 nafari ayol), respublika final (uchinchi) bosqichida Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jami 1 518 nafar (shundan 418 nafari ayol) talabalar ishtirok etdi.

“Universiada-2020” sport musobaqalari yakuniga ko'ra umujamoa hisobida: 

1-o'rin: Toshkent viloyati;

2-o'rin: Qoraqalpog'iston Respublikasi;

3-o'rin: Samarqand viloyati talaba yoshlariga nasib etdi.  

“Universiada-2020” sport o'yinlarining g'olib va sovrindorlari Tashkiliy qo'mita tomonidan “Prezident sovg'asi” bilan taqdirlandilar.

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing