So’nggi yangiliklar

12:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Жаҳон кубогида қатнашиш учун Астанага етиб борди, таркибимиз маълум 0 12:09Мураббий нима учун Ислам ва Топурия ўртасида жанг бўлмаганини айтди 0 11:4546 ёшли Мэнни Пакьяо боксдаги мақсадини айтди 0 11:21Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор 0 11:00МОҚ раҳбарияти Турин политехника университетида IT ва инновацион стартаплар билан танишди 0 10:3918 та эйс Тэйлор Фрицни фаолиятидаги 18-финалга олиб чиқди 0 10:18Жек Пол, Хулио Сезар Чавес, Рамирес, Дортикос тарозига чиқди 0 09:57“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор 0 09:36Асламжон Ортиқовнинг мезбонга қарши жангида нокаут қайд этилди + ФОТО 0 09:15Деонтей Уайлдер бир йиллик танаффусдан сўнг рингга қайтди 0 08:54Халқаро стол тенниси федерацияси билан ҳамкорликни янада кучайтириш масалалари муҳокама қилинди 0 08:33Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди 0 08:12UFC 317 турнирининг расмий тарози маросими ўтказилди, битта жанг бекор қилинди 0 19:02"Мен қилган хатони сен такрорлама". Сен-Пьер Махачевга маслаҳат берди 0 18:39Исраэль Адесанья кейинги жангини қачон ва кимга қарши ўтказмоқчи эканини айтди 0

02 noy 12:58
Yangiliklar

Futbol

Vadim Abramov Suriya va Iroqqa qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari uchun SHomurodov, Yaxshiboev, O'runov, Aliboev va Suyunovni chaqirmadi

Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo'shma saralash bosqichi uchrashuvlariga tayyorgarlik jarayonini reja asosida olib bormoqda.

SHu sababli, Milliy jamoamiz uchun 6-18 noyabr kunlari Toshkent va Dubay shaharlarida o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil etiladi. Bosh murabbiy Vadim Abramov mazkur yig'inga 28 nafar futbolchini jalb etdi. Ushbu yig'in doirasida Suriya hamda Iroq terma jamoalariga qarshi xalqaro o'rtoqlik o'yini rejalashtirilgan.

6 noyabr kuni terma jamoamiz vakillari Toshkentda yig'iladi va mashg'ulotlarga kirishadi. Jamoaning barcha azolari yig'ilgach, 9 noyabr kuni tongda O'zbekiston MTJ delegaciyasi Toshkent-Dubay havo reysi orqali BAAga yo'l oladi.

Milliy jamoamiz 12 noyabr kuni Suriya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvi esa 17 noyabr kuni Iroq vakillariga qarshi o'tkaziladi.

Darvozabonlar: Abduvohid Nematov ("Nasaf"), Botirali Ergashev ("Qo'qon-1912"), Javohir Ilyosov ("Lokomotiv").

Himoyachilar: Husniddin Aliqulov ("Nasaf"), Egor Krimec ("Paxtakor"), Rustamjon Ashurmatov ("Kvandju", Janubiy Koreya), Igor Golban ("Navbahor"), Islomjon Qobilov ("Bunyodkor"), Ibrohimhalil Yuldashev ("Bunyodkor"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Murod Holmuhammedov ("Qo'qon-1912"), Farrux Sayfiev ("Paxtakor").

Yarim himoyachilar: Otabek SHukurov ("SHarja", BAA), Lutfulla To'raev ("Bunyodkor"), Abrorbek Ismoilov ("Paxtakor"), Aziz Turg'unboev ("Navbahor"), Jamshid Iskanderov ("Seongnam", Janubiy Koreya), Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Oybek Bozorov ("Nasaf"), Akmal Mozgovoy ("Nasaf"), Sanjar Qodirqulov ("Bunyodkor"), Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor"), Odiljon Hamrobekov ("Paxtakor"), Dostonbek Hamdamov ("Paxtakor"), Azizjon G'aniev ("SHabab Al Ahli", BAA).

Hujumchilar: SHahzod Ubaydullaev ("Metallurg"), Bobir Abdixoliqov ("Nasaf"), Igor Sergeev ("Paxtakor").

Reyting: -1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing