So’nggi yangiliklar

11:39Медведев Вашингтон турнири 1/4 финалидаёқ ютқазди 0 11:18"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди 0 10:57Хабиб UFC қоидаларида нимани ўзгартириш кераклигини айтди 0 10:36Йўғе? 12 ёшли Кастан профессионал боксда дебют қилади, бу рекорд эмас! 0 10:15Хабиб Умар Нурмагомедовнинг навбатдаги жангини эълон қилди 0 09:54"Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев расмий дебют қилдими? 0 09:33Қозоқ теннисчисини тўхтатиб бўлмаяпти, у финалда! 0 09:12Исраэль Адесанья Махачев Маддаленани мағлуб эта олмаслигини тахмин қилмоқда 0 08:51Ulaanbaatar Grand Slam. Бугун уч нафар дзюдочимиз медаллар учун баҳсларга киришади 0 08:30МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин 0 08:08Волейбол. Бугун Ўзбекистон U-19 терма жамоаси Пуэрто-Рикога қарши ўйнайди 0 07:45Кроуфорд Канелонинг вазнида WBO рейтингига киритилиб, биринчи ўринга жойлаштирилди 0 07:22Ulaanbaatar Grand Slam 2025. Биринчи кунги баҳслардан сўнг Топ-3`дамиз! 0 07:01"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2`да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси 0 20:17Усик ESPN P4P рейтингидаги етакчилигини сақлаб қолди, Аҳмадалиевнинг бўлажак рақиби нечанчи ўринда? 0

04 fev 13:56
Yangiliklar

Boks/MMA

Vladimir SHin o'zbek va yapon boksidagi farq haqida gapirdi

O'z vaqtida O'zbekiston boks terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlagan, bugun esa Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lib faoliyat olib borayotgan Vladimir SHin o'zbek va yapon boksi o'rtasidagi farq haqidagi savolga javob berdi.

"O'zbekiston boksidagi ertalabki jismoniy chiniqishdan tortib, o'quv-mashg'ulotlar, musobaqaga tayyorgarlik jihatlari bilan Yaponiyadagi ayni holat o'rtasida juda katta farq bor. Mamlakatimizda boksga davlat darajasida etibor qaratiladi. Musobaqalarga kompleks tayyorgarlik dasturlari, “Yo'l xarita”lari ishlab chiqiladi. 

Har bir bokschiga beriladigan texnik-taktik yuklamalardan tashqari, ularning jismoniy, ruhiy muvozanatini mustahakamlashga ham alohida etibor qaratiladi. Yaponlarda esa ozgina boshqacharoq. Ularda ko'proq professional boks mashg'ulotlari ustunlik qiladi. Tokio olimpiadasiga tayyorgarlik jarayonida ularning tayyorgarlik dasturlariga ayni holatlarni joriy etishga harakat qildik. Olimpiada va jahon chempionatidagi muvaffaqiyatimiz(Yaponiya)ning tub negizida bokschilarga yuklamalarda o'zgarish qilish natijasida erishdik, deb o'ylayman. 

SHu manoda, keyingi paytdagi yapon bokschilarining mashg'uloti o'zbek bokschilarining shug'ullanish jarayoniga biroz o'xshab ketdi, desam mubolag'a bo'lmaydi. Yaponiyada boks O'zbekistondagidek juda ommaviy sport turi hisoblanmaydi. To'g'ri, ular ham boksni yaxshi ko'radi. Qiziqadi. Ammo ommaviy shug'ullanish, alohida, maxsus havaskor boks maktablari yo'q ularda. Boks bilan asosan, o'quv yurtlari sport majmualarida, to'garaklarda shug'ullanishadi", - dedi Vladimir SHin UzA nashriga bergan intervyusida. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing