18 iyu 13:13
Yangiliklar

"U 50 yoshida ham chempion bo'lishi mumkin" - Pakyaoning sparring sherigi
Pakyao bilan sparring o'tkazgan Vladimir uning professional darajasini yuqori baholadi.
"U bilan birinchi marta sparring qilganimda juda hayajonlangan edim. Unda men juda ko'p seriyali zarbalarni o'tkazib yuborganman, lekin keyingi mashg'ulotlarda unga munosib qarshilik ko'rsata oldim. Jami 3 marta 3 raunddan sparring qilganmiz.
Pakyao haqiqiy professional. U 46 yoshdami? Bu umuman ahamiyatsiz. U o'z tanasiga qattiq etibor beradi, juda intizomli va masuliyatli. U 50 yoshida ham jahon chempioni bo'la oladi, yosh jangchilar bilan tengma-teng kurasha oladi.
Men uni Krishtianu Ronalduga qiyos qilgan bo'lardim. Bu yoshda ham yuqori darajada bo'lish — bu favqulodda o'zgacha inson ekanini ko'rsatadi. Pakyaoning tezligi hanuz yuqori, u yoshlar uchun katta kumir", — dedi Saruxanyan.
Fikrlar