So’nggi yangiliklar

19:04Синнер 12 000 рейтинг очкоси жамғарган бешинчи теннисчи бўлди 0 18:43Эксперт — Махачев бир ҳолатдагина Топурия билан жанг қилади 0 18:22Шакил О'Нил Майк Тайсон билан учрашди + ФОТО 0 18:01Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди 0 17:40Жангига 5 кун қолган 46 ёшли Мэнни Пакьяо айни пайтдаги актуал формасини кўрсатди + ФОТО 0 17:19Жанги бекор қилинган Мовсар Евлоев UFC рейтингида 1-ўринга кўтарилиб олди 0 16:58Ўзбекистонлик ММА жангчиси АҚШ визасини олди ва кейинги жанги нуфузли Лигада бўлишини эълон қилди 0 16:37"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи 0 16:20"Корея Опен": Таэквондочилар илк кунда 2 та медаль қўлга киритишди 0 16:16Жаҳон чемпионатида қатнашадиган қиличбозларимиз таркиби маълум 0 15:55Жервонта ва Роуч жанги Дэвиснинг ҳибсга олиниши сабаб қолдирилиши мумкин 0 15:51Шахмат. Умида Омонова Жаҳон кубогида янги рекордни ўрнатди 0 15:34Дмитрий Чигирёв ва Екатерина Гейниш янги мавсум учун тайёргарликни бошлади (ВИДЕО) 0 15:13Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди 0 14:52WBC рейтинги янгиланди: Ундан 6 нафар боксчимиз ўрин олди 0

01 dek 10:01
Yangiliklar

Voleybol

Voleybol: o'smirlar va qizlar O'zbekiston kubogi uchun musobaqalashmoqda

Teglar :  Voleybol
Farg'onada voleybol bo'yicha o'smirlar va qizlar O'zbekiston kubogi bahslari o'tkazilmoqda.

SHu kunlarda Farg'ona shahrida respublikamizdagi bolalar-o'smirlar sport maktablari va ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktablarining tarbiyalanuvchilari o'rtasida O'zbekiston kubogi o'tkazilmoqda. Musobaqada 2005-2006 yillarda tug'ilgan o'smirlar va qizlar jamoalari g'oliblik uchun bahs olib borishyapti.

Jumladan, o'g'il bolalar o'rtasidagi bahslarda jami 10ta jamoa ikki guruhga bo'lingan holda kurashga kirishdi. “A” guruhidan Farg'ona, Andijon, Sirdaryo, Samarqand hamda Qashqadaryo viloyatlarining yosh voleybolchilari o'rin olishgan bo'lsa, “B” guruhini Qoraqalpog'iston Respublikasi, Namangan, Jizzax, Navoiy va Xorazm viloyati jamoalari to'ldirishdi. Ayrim sabablarga ko'ra musobaqada Toshkent shahri va viloyati, Surxondaryo hamda Buxoro viloyatidan jamoalar ishtirok etishmayapti.

Qizlar o'rtasidagi bahslarda esa atigi 9ta jamoa qatnashmoqda. Bular – Qoraqalpog'iston Respublikasi, Farg'ona, Andijon, Namangan, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo hamda Xorazm viloyatlari voleybolchi qizlaridir.

Musobaqaning ochilish marosimida Farg'ona viloyati turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari Nodir Hakimov, O'zbekiston voleybol federaciyasi Bosh kotibi Xusan Nasrullaev va boshqalar so'zga chiqib, yosh voleybolchilarga bo'lajak musobaqada omad tilashdi.

Voleybol bo'yicha BO'SM va IBO'SMlarning tarbiyalanuvchilari o'rtasida O'zbekiston kubogi g'oliblari 3 dekabrda malum bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing