So’nggi yangiliklar

17:01Махачев ўзи ҳақиқатдан ҳам ҳурмат қиладиган икки рақибни айтди — у Царукян ва Оливейра эмас 0 16:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади 0 16:16"У албатта қайтади". Собиқ чемпион Жон Жонснинг кетганига ишонмайди 0 15:52Илия Топурия қайси рақибни ўзига муносиб деб ҳисоблашини айтди 0 15:29UzChess Cup сўнгги тури якунланди. Уч шахматчи бир хил очко жамғарди. Энди нима бўлади? 0 15:20"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин 0 14:59Қозоғистон бокс терма жамоаси Головкиннинг мураббийини ортга қайтарди 0 14:38Эркин курашчиларимиз U-17 Осиё чемпионатини кучли учликда якунлади 0 14:17Шаҳрам Ғиёсов янгиланган The Ring рейтингида нечанчи ўриндан жой олди? 0 13:56"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин 0 13:35Жейк Пол: "WBA ва WBC мени рейтингга киритиш устида ишламоқда" 0 13:14ХОҚ Лос-Анжелес-2028 Олимпиадасидан ўрин олган спорт турлари дастурини расман тасдиқлади. Океан ортидаги ўйинлар учун 6 та янги спорт тури қўшилди 0 12:53Бугун Асламжон Ортиқов Таиландда жанг қилади 0 12:32Тео Эрнандеснинг “Ал Ҳилол“да қанча маош олиши маълум 0 12:11Муроджон Аҳмадалиев илк бизнесини йўлга қўйди (ВИДЕО) 0

14 noy 19:54
Yangiliklar

Og'ir atletika

WADA Tamash Ayanga qo'yilayotgan yangi ayblovlardan xavotirda

Teglar :  WADATamash Ayan
Butunjahon antidoping tashkiloti (WADA) Xalqaro og'ir atletika federaciyasi (IWF) sobiq rahbari Tamash Ayanga qarshi qo'yilgan yangi ayblovlardan haddan tashqari xavotir bildiradi, deb xabar bermoqda agentlik rasmiy sayti.

Yanvar oyi boshida Germaniyaning ARD telekanali jurnalist Xayo Zeppeltning IWF va tashkilot rahbari Tamash Ayanni korrupciya yaratish va doping natijalarini yashirganlikda ayblovchi filmni namoyish etdi. Natijada kanadalik advokat Richard Maklaren boshchiligida tergov boshlangani elon qilindi.

Iyun oyida Insidethegames portali tergov natijalarini elon qildi, unda Ayan 40 ta musbat doping-testni yashirgani, saylovlarda ovoz olish uchun pora berish tizimi tashkil qilgani va 10 million dollardan ortiq aniqlanmagan mablag' topilgani haqida xabar bergan edi.

Payshanba kuni playthegame.org portalida Ayanga qarshi bir qator yangi ayblovlar o'rin olgan malumotlar paydo bo'ldi. Xususan, maqolada 2013 yildagi maktublarga etibor qaratilib, unda IWFning sobiq rahbari ozarbayjonlik og'ir atletikachilar uchun test sinovlarining manfiy natijalarini qayta ishlashga aralashgani haqida aytilgan. WADAning qayd etishicha, bu qoidabuzarliklar to'g'risida agentlik endi bilmoqda.

«IWF sobiq prezidenti tomonidan sodir etilgan xatti-harakatlar haqidagi bu so'nggi davolar kishini darg'azab qiladi. Izlanishlarni boshlab bergan WADA razvedka va tergov departamenti, shuningdek OAV xabarlari va professor Maklaren xulosalariga ko'ra, og'ir atletikada uzoq vaqtdan beri toqat qilingan, rag'batlantiriladigan va yashiringan doping madaniyati mavjud bo'lgan. Bu achchiq xabarni Antidoping agentligi va butun dunyo bo'ylab halol sportga g'amxo'rlik ko'rsatayotganlar qabul qila olmasligi aniq. WADA ushbu sport turidagi sportchilarga xavfsiz va sog'lom muhitda teng sharoitlarda bellashish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishda davom etadi», dedi WADA bosh direktori Vitold Banka.

WADA Xalqaro og'ir atletika federaciyasining yangi rahbariyatidan Ayan ishini ko'rib chiqishda OAVning so'nggi xabarlarini inobatga olishni so'radi. SHuningdek, agentlik federaciyaga qarshi o'z surishtiruv ishlarini davom ettirayotgani, shuningdek, jinoyat ishi qo'zg'atgan turli huquqni muhofaza qilish idoralari bilan hamkorlik qilib kelayotganligi haqida xabar berdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing